Buxoro davlat pedagogika institutida Oʻqitishning texnik vositalari boʻlimida 3 (uch) nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Boʻlim xodimlari institut tarkibidagi fakultet va kafedralar bilan uzviy hamkorlikda ish olib borib, oʻquv jarayoni uchun zarur boʻlgan texnik vositalarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash maqsadida kafedralardan tegishli bildirishnomalarni qabul qiladi va ushbu jarayonni tizimli ravishda tashkil etib kelmoqda.
Shuningdek, Oʻqitishning texnik vositalari boʻlimi xodimlari institutda oʻquv jarayoniga taalluqli boʻlgan texnik jihozlardan toʻgʻri va samarali foydalanilishini, ularning saqlanish holatini nazorat qilish, shuningdek nosoz holatga kelgan texnik jihozlarni taʼmirlash ishlarini tashkil etish orqali ularni yana oʻquv jarayonida qoʻllashga tayyor holga keltirishda amaliy yordam koʻrsatib kelmoqdalar.
Bugungi kunda Buxoro davlat pedagogika instituti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quyidagicha taʼminlangan:
Mazkur texnik vositalar oʻquv jarayonida professor-oʻqituvchilar hamda talaba yoshlar tomonidan toʻliq va samarali foydalanib kelinmoqda.