This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Moliya-iqtisod bo`yicha prorektor

Moliya-iqtisod bo`yicha prorektor

Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor lavozim vazifalari:

  • Institutda moliya-iqtisodiyot ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Buxgalteriya, reja-moliya bo‘limi, marketing, o‘quv texnikaviy vositalari, texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi hamda ta’limning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha shartnomalarini hisboga olish va rasmiylashtirish guruhi, o‘quv binolari, mehnat muhofazasi bo‘limlarining, shuningdek, rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Institutning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish;
  • Davlat byudjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetalarini ishlab chiqish, Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
  • Institut xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish;
  • Buxoro davlat pedagogika institutining o‘quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshootlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
  • iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Buxoro davlat pedagogika institutini moddiy texnika bazasi holatini o‘rganib, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
  • Buxoro davlat pedagogika institutiga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha - smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
  • Shtat, byudjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil etish;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar, shuningdek, kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
  • Institutning professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;
  • Institutning professor-o‘qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari va talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
  • Pulli kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalardan o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish;
  • Shtat, byudjet va hisob intozamiga to‘g‘ri rioya qilinishini va shu bilan birga buxgalteriya hisoboti ustidan hamda xizmat safarlari xarajatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirishni nazorat qilish;
  • Qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish, qora va rangli metall chiqindilarini topshirish rejasining bajarilishini ta’minlash;
  • Mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
  • Talaba va xodimlarni favquloddagi holatlarda hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
  • Institut binolarini barqarorligini ta’minlash, yong‘inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigienik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;
  • Talabalar oshxonalari, bufetlari, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, tibbiy punktlar ishlarini rejasini tuzish va ularning ishlashini ta’minlash, talabalar turar joyi ehtiyojlarini doimiy ta’minlab borish;
  • O‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan mahsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish;
  • Institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari, ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;
  • Oshkor qilib bo‘lmaydigan (konfidensial) ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni, shuningdek shaxsga oid ma’lumotlarni ish beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni tuliq saqlanishini o‘z zimmasiga oladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining cohaga oid qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining normativ-huquqiy xujjatlari asosida ish hujjatlarini amalga oshirish;