(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

🎓 Защита выпускных работ в среде практического обучения

🎓 Защита выпускных работ в среде практического обучения

🎓 Защита выпускных работ в среде практического обучения

Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasining 4-bosqich talabalari tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ishlari himoyasi Buxoro shahar 13-son umumta'lim maktabida o'tkazilmoqda.

Mazkur himoya jarayoni oliy ta'lim va umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyalari hamda ilmiy-metodik tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida tashkil etildi. Himoyada Kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari nomzodi, professor Mansur Ergashov, maktab rahbariyati, tajribali pedagoglar hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etmoqda. Talabalar o'z ilmiy izlanishlari natijalari, metodik ishlanmalari va ularning ta'lim amaliyotidagi ahamiyatini taqdim etib, mutaxassislar tomonidan baholanmoqda.

Amaliy ta'lim muhitida tashkil etilgan bunday himoyalar nazariy bilimlar va pedagogik amaliyot uyg'unligini ta'minlash, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda ularning ilmiy salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.