(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

"Rahbar va yoshlar" loyihasi doirasida bitiruvchilar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

"Rahbar va yoshlar" loyihasi doirasida bitiruvchilar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

"Rahbar va yoshlar" loyihasi doirasida bitiruvchilar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Qorovulbozor tumani rahbarlari ishtirokida bitiruvchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda Qorovulbozor tumani hokimi Hamroyev O'tkir Shomahmadovich, tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari Djunaitov G'anisher Ne'matovich, tuman IIB rahbari, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Tursunova Dilfuza Jamshidovna, professor-o'qituvchilar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni mutaxassisligi bo'yicha ishga joylashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish, mavjud vakant ish o'rinlari, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash hamda kasbiy rivojlanish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi. Bitiruvchi talabalar ishga qabul qilish tartibi, tanlov jarayonlari, imtiyozli kreditlar va mehnat faoliyatini boshlash bilan bog'liq savollariga mutasaddilardan atroflicha javob oldilar. Bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, qo'shimcha o'rganishni talab qiladigan masalalar bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ochiq va samimiy ruhda o'tgan uchrashuv yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli tayyorlash hamda davlat tashkilotlari va oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchilarining munosib kelajagi va bandligini ta'minlash yo'lida tizimli ishlarni izchil davom ettiradi.