(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

В Бухарском государственном педагогическом институте состоялось совещание при ректоре

  • Главная
  • Мероприятия
  • В Бухарском государственном педагогическом институте состоялось совещание при ректоре
В Бухарском государственном педагогическом институте состоялось совещание при ректоре

В Бухарском государственном педагогическом институте состоялось совещание при ректоре

     Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi rektorlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Tilllar fakulteti binosida tashkil etilib, unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

    Yig‘ilishda ta’lim jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, talabalar turar joylarida va darslarda kechikishlarning haftalik tahlili, kuzgi semestrda 74 soatdan ortiq dars qoldirgan talabalar holati, bahorgi semestr o‘quv jarayonining boshlanishi va talabalar davomati bo‘yicha axborotlar tinglandi. Shuningdek, institutda ijro intizomini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari hamda Vazirlik topshiriqlarining ijrosini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.