(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

#Festival2026

#Festival2026

#Festival2026

#Festival2026

Respublika miqyosida ilk bor VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali bo‘lib o‘tdi

Nufuzli xalqaro festivalda Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Vengriya hamda Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.

Festivalning ochilish marosimida institut rektori Bahodir Ma’murov so‘zga chiqib, tadbirning turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, mushtarak tarix va ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib etishdagi ahamiyatini ta’kidladi hamda mehmonlarni samimiy qutladi.

Tadbir davomida Xalqaro turkiy mualliflar ittifoqi raisi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi matbuot kotibi, shoir Xeyal Rza, Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Hamidov, Xalqaro turkiy mualliflar ittifoqi vakili, turkiyalik yozuvchi va shoir Mahmut O‘zkoca hamda Xalqaro turkiy mualliflar birligi koordinatori Ayten Qurbanova o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan ishtirok etib, festivalning turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladilar.

Festival doirasida institutning “Yoshlar bog‘i”da tashkil etilgan she’riyat kechasi esa tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Unda shoirlar Mahmut O‘zkoca va Behruz Nifteliyev o‘z ijod namunalarini taqdim etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Mazkur adabiy uchrashuv turkiy xalqlarning mushtarak ma’naviy merosi, adabiyotga bo‘lgan muhabbati va ijodiy hamkorligini namoyon etgan mazmunli muloqot maydoniga aylandi.

Batafsil...

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram