Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 21–23-iyul kunlari viloyatimiz bo'ylab "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Mustaqillik to‘yi" festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida taniqli adabiyot va san’at namoyandalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy loyihalar tashkil etiladi.
Festival dasturidan o‘rin olgan loyihalar:
"Milliy navolar" konsert dasturi;
"Mustaqillik marshi" ommaviy yurishi;
"Mustaqillik kinokarvoni" loyihasi;
"Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" loyihasi;
"Yaxshilik karvoni" loyihasi;
"Shukronalik" madaniy-ma’rifiy uchrashuvlari;
"Umummilliy birdamlik" va "Shijoat" loyihalari;
"Ziyorat odobi" va "Ma’rifat tur" loyihalari;
"Millat fidoyilari" loyihasi;
"Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostidagi gala-konsert.
Barchangizni "Mustaqillik to‘yi" festivaliga taklif etamiz!
Batafsil: Mustaqillik35.uz

