 
                                    
                                 
                                    
                                 
   
  

 
                PEDAGOGIKA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
       Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida Ijtimoiy fanlar, Musiqa va tasviriy san’at va Pedagogika kafedralari faoliyat olib boradi. Fakultet bo’yicha jami 1357 nafar talaba bo’lib shundan kunduzgi, 1133 kechki, 28 sirtqi, 196 nafar talaba tahsil oladi. Har bir kafedra 2023/2024 o‘quv yili davomida quyidagi faoliyatlarni olib bordi.  
    2023/2024-o‘quv yili. BuxDUPI Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida quyidagi ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari mavjud:
 Ijtimoiy fanlar kafedrasiga tegishli bo‘lgan ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Bakalavr ta’lim yo’nalishi:
Kod    Nomi    Talaba soni
60111100    Tarix      226 ta talaba 
60111200    Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi     223 ta talaba
Magistratura mutaxassisligi:
70112101    Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslar)    1 magistrant
Pedagogika kafedrasiga tegishli bo’lgan  ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Bakalavr ta’lim yo’nalishi:
Kod    Nomi    Talaba soni
60110100    Pedagogika va psixologiya    49 nafar talaba 
60110100    Pedagogika (tarbiya fani o‘qituvchisi)    121 nafar talaba
60110300    Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi     127 nafar talaba
    Magistratura mutaxassisligi:    
70110101    Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)    11 nafar magistrant
70110102    Pedagogika va psixologiya    29 nafar magistrant
70110101    Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) (kuzgi)    2 nafar magistrant
70110102    Pedagogika va psixologiya (kuzgi)    1 nafar magistrant
70110101    Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) (qishki)    6 nafar magistrant
70110102    Pedagogika va psixologiya (qishki)    7 nafar magistrant
Musiqa va tasviriy sa’nat kafedrasiga tegishli bo’lgan ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Bakalavr ta’lim yo’nalishi:
Kod    Nomi    Talaba soni
60111300    Musiqa ta’lim     185 ta talaba 
60111200    Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi     203 ta talaba
Magistratura mutaxassisligi:
60111300    Musiqa ta’lim    13 magistrant
60111200    Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi    4 magistrant
     Fakultetda jami 109 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 5 nafar fan doktori professor 33 nafar fan nomzodi PhD 3 nafar katta o’qituvchini tashkil qiladi. Fakultet ilmiy salohiyati asosiy shtat hisobidan 45,2 % ni tashkil qiladi.
     “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida asosiy va ichki o’rindoshda 27 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. 15 nafar professor-o‘qituvchi ilmiy unvonga ega. Shulardan, fan doktori – 2 nafar, fan nomzodi - 2 nafar; professor – 2 nafar, dotsent - 2 nafar; PhD - 11 nafar. Professor-o‘qituvchilar tarkibi: Asosiy shtatda 19 nafar; Ichki o’rindosh 8 nafar; Tashqi o’rindosh 7 nafar. Kafedraning ilmiy salohiyati asosiy shtat hisobidan 57 % ni, ichki o’rindoshlik hisobidan jami 67% ni tashkil qilgan.
     «Pedagogika, psixologiya va texnologik ta’lim» kafedrasida asosiy va ichki o’rindoshda 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. 8 nafar professor-o‘qituvchi ilmiy unvonga ega. Shulardan, fan nomzodi - 3 nafar; dotsent - 5 nafar; PhD - 4 nafar. Professor-o‘qituvchilar tarkibi: Asosiy shtatda 7 nafar; Ichki o’rindosh 6 nafar; Tashqi o’rindosh 20 nafar. Kafedraning ilmiy salohiyati asosiy shtat hisobidan 28,5 % ni, ichki o’rindoshlik hisobidan jami 61,5 % ni tashkil qilgan.
     Musiqa va tasviriy san’at kafedrasida 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. O‘quv yili davomida kafedrada 15 nafar professor-o‘qituvchilar to‘liq hissada, M.J. Hojiyev va A.Sh. Aminov yarim hissada   faoliyat ko‘rsatdi. Kafedra barcha fanlar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar bilan ta’minlangan bo‘lib, hozirgi kunda ular jamoaning ilmiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida tinimsiz izlanish olib bormoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati 27% ni,  jamoaning o‘rtacha yoshi 36,6 yoshni tashkil etadi.  
     Fakultet bo’yicha jami 109 nafar professor-o’qituvchidan 55 nafari shundan   20 ta ijtimoy kafedradan,18 ta pedagogika kafedrasidan 17 ta musiqa va tasviriy sa’nata kafedrasidan  malaka oshirdi.  Shundan 2 nafar chet davlatni tashkil etadi. 
     Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultet bo’yicha 153 ta ochiq dars o’tkazildi. Jumladan, Pedagogika kafedrasida 82 ta, Ijtimoiy kafedirada 37 ta, Musiqa va tasviriy san’at kafedrasida 34 tani tashkil etadi. 
Kafedralarda 2023-2024 o‘quv yilida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish borasida talay ishlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘quv xonalarini zamonaviy talablar asosida jihozlash ishlariga alohida e’tibor qaratildi va fakultetga tegishli bo‘lgan sinfxonalarga keng ekranli monitor o‘rnatilib, darslarni zamonaviy texnologiyalar, slaydlar asosida o‘tish yo‘lga qo‘yildi. Kafedralarda ochiq dars mashg‘ulotlarning nizomi mavjud va shu nizomga asoslanib ochiq dars hamda mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Kafedralar tomonidan  o‘quv yili davomida ochiq darslar jadvali tuzilgan va o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan  tasdiqlangan.  Jadval asosida  2023/2024 o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan ochiq darslar o‘tkazildi. Ochiq dars  mashg‘ulotlari o‘tkazilgani bo‘yicha ichki taqriz hamda tashqi ekspert tomonidan tashqi taqriz yozib berilgan. Ochiq darslar kafedra yig‘ilishida hamda Fakultet ilmiy Kengashida muhokama qilingan.
     Fakultet bo’yicha YuTube kanalida  jami 46 ta videodars shundan pedagogika kafedrasi 6 ta, musiqa va tasviriy san’at kafedrasi 20 ta va ijtimoiy kafedrasida 20 tani tashkil qiladi. Hemis platformasida kafedralarda tegishli fan-o‘qituvchilari tomonidan  fanlar boyicha ma’ruza, seminar, amaliy mashgulot, mustaqil ta’lim mavzulari kiritilib, resurslar100%  joylashtirildi.
     Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida Musiqa va Tasviriy sanat va muhandislik grafikasi yo’nalishlarida jami 104 nafar talaba bitirdi. 29 nafar akademik qarzdor talabalar modul kreditini kontrakt.edu.uz platformasi orqali shartnomani olib to’ladi va fanni o’zlashtirib sertifikatini oldi.Bitiruvchi  jami 104 nafar talabalar  60111300 Musiqa ta’limi yo’nalishidan  55 nafar talaba  11-12.06.2024 va  60111200 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishidan  48 nafar talaba  4.06.2024 kunlari majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi nazoratlarni topshirganligini inobatga olib, ko’rsatilgan ta’lim yo’nalishlar bo’yicha bakalavr darajasi va diplom berilish uchun bildirishnoma qilib berildi. Mobillik asosida taxsil olayotgan talabalar buyruqlari chiqarildi.
     Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida 2023-2024 o’quv yili bahorgi jarayon oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkazilishi jadvallari tasdiqlandi va tasdiqlangan jadval asosida o’tkazildi. 1TAR-23 k va 2 kurs PED -22, MTPP-22, TAR-22, MIG’-22 guruhlarimizda 27 maydan 8 iyungacha, 1-kurs PED-23, MUZ-23, MTPP-23, TAR-23, TSMG-23, MIG’-23 va 3-kurs TAR-21, MIG’-21, PPS-21 guruhlarda 10-iyundan 15 iyunga qadar tasdiqlangan jadvl asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkazilib 308 - nazorat xonasida tegishli o’qituvchilar tomonidan tekshirilib hemis platformasining qaydnomasiga baholar quyildi.
     Ijtimoiy fanlar kafedrasida malakaviy amaliyot bo‘yicha  quydagi ishlar amalga oshirildi. 
      1. 2023 yil “4+2” Pedagogik amaliyot bo‘yicha dastur ishlab chiqilib “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining 2023-yil 29-avgustdagi 1-sonli hamda Buxoro davlat Pedagogika instituti ilmiy kengashining 2023-yil 31-avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlandi.
      2. Buxoro davlat Pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetining 60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining 4+2 pedagogik amaliyotini o‘tash bo‘yicha 2023-yil 7-sentabrda konferensiya tashkil qilindi. Konfrensiya Pedagogika binosining 305 xonasida soat 11:00 da tashkil qilindi. Mazkur konfrensiyada 3 bosqich 1-Mig‘-21, 2-Mig‘-21, 3-Mig‘-21 guruh talablarining 78 nafari ishtirok etdi. Konfrensiyada Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri falsafa fanlari doktori A.Z.Sharipov, falsafa fanlari nomzodi dotsentlar R.E.Qilichev, B.B.O‘razov, Sh.B.Murtazoyev hamda kafedra o‘qituvchilari D.B.Sharipov, Sh.M.Ismatov, S.N.Norboyevlar ishtirok etdi. Konfrensida 4+2 Pedagogik amaliyotning nizomi hamda dasturlar ishlab chiqilgani va tasdiqlnganligi ta’kidlandi. Dastur haqida qisqacha tushuntirishlar olib borib  amaliyot 30 hafta bo‘lishini haftaning juma va shanba kunlari talablar amaliyotni o‘z hududlarida o‘tashlarini ta’kidladi. Dasturda talablar amaliyot joyida 6 soat bo‘lishlari kerakligi aytib o‘tildi. Shuningdek, 3-1Mig‘-21 guruhga Sh.M.Ismatov, 3-2Mig‘-21guruhiga D.B.Sharipov, 3-3Mig‘-21 guruhiga S.Q.Norboyev rahbar etib belgilanganligi ta’kidlandi.
     3. 2023/2024-oʻquv yili uchun tasdiqlangan ishchi oʻquv rejalariga muvofiq belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Аrхeologiya” fanidan tаnishuv аmаliyoti 2 hafta (reja-grafik asosida) Buxoro viloyatida joylashgan “Buxoro davlat badiiy me’morchilik qo‘riqxonasi muzeyi tarkibiga kiruvchi arxeologik yodgorliklar”da amaliyot o‘tash tartibida tashkil qilindi. Bunda tarix yo`nalishi 1-TAR 23, 2-TAR 23 guruhlari 2 hafta аmаliyotni 29-apreldan 11-maygacha amaliyot kunlarini o‘tadi. “Tarixni o‘qitish metodikasi” fanidan tаnishuv аmаliyoti 2 hafta (reja-grafik asosida) talabalarning o‘zlari yashash joyidagi maktablarga joylashgan maktablarda amaliyot o‘tash tartibi tashkil etildi. Bunda tarix yo‘nalishi 1-TAR 22, 2-TAR 22, 3-TAR 22 va 4-TAR 22 guruhlari 2 hafta аmаliyotni 13-maydan 25-maygacha amaliyot o‘tagan. Buxoro qadamjolar tarixi fanidan malakaviy amaliyot 3 hafta (reja-grafik asosida) Buxoro viloyatida joylashgan tarixiy qadamjolar (kunlik kalendar rejaga asosan) amaliyot o‘tash tartibida tashkil etildi. Bunda tarix yo`nalishi 1-TAR 21 va 2-TAR 21 guruhlari talabalari 13-maydan 1-iyun kunlarida malaraviy amaliyot o‘tadi.
     4. Amaliyot rahbarlari tomonidan talabalarga 4+2 amaliyot dasturining elektron nusxasi hamda nizom va 3 tomonlama shartnomalar tashlab berilib ularning qisqacha mazmuni tushuntirib berildi. Shuningdek, talabalar o‘z hududlarda bo‘lganligi hamda o‘qituvchi tomonidan amaliyotni onlayn nazorat qilib borilishi uchun telegram ijtimoiy messenjerida har bir guruhlar uchun alohida gurpa hamda umumiy amaliyot guruhlari tashkil qilindi va barcha 3 kurs talabalar mana shu guruhlarga birlashtirildi. Mazkur telegram ijtimoiy messenjeri orqali chekka vilouyatda amaliyot o‘tayotgan talablar Nazorat qilib borilib har haftalik qilinadigan ishlari onlayn tartibda berib borildi. Pedagogik amaliyot dasturi doirasida Buxoro davlat Pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi 50 dan ortiq viloyat hamda chekka viloyat mos maktablar bilan shartnoma imzoladi.
     Pedagogika kafedrasida ham Buxoro davlat pedagogika instituti rektorining 2023 yil 22 noyabrdagi 1206-T sonli, 2024 yil 30 martdagi 438-T, 2024 yil 14 maydagi 691-T sonli malakaviy amaliyotga yuborish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan 2023/2024 - o‘quv yili o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq, 2023-yilning 29-fevraldan 2024-yil 25-maygacha 60110100–Pedagogika, 60110100–Pedagogika va psixologiya, 60110300-Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi, 2024-yil 13-25 may kunlari  60110100-Pedagogika yoʻnalishi 2-kurs talabalari, 60110300-Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yoʻnalishi 1-kurs talabalari, 60110300-Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yoʻnalishi 2-kurs talabalari, 2024-yil 13-maydan 1-iyungacha 60110100-Pedagogika va psixologiya yoʻnalishi 3-kurs talabalari ilovada ko‘rsatilgan ta’lim muassasalariga malakaviy amaliyotga yuborildi.
4+2 amaliyoti o‘rta ta’lim maktablari bilan oliy ta’lim tizimini bog‘laydigan bo‘g‘in hisoblanadi. Bu davrda talabalar institut auditoriyalarida olgan nazariy bilimlarga, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarida, mustaqil ishlarni bajarishda sinalgan tajribalarga tayanib mustaqil faoliyat olib bordilar. Yuqori malakali metodist o‘qituvchilarning ish faoliyati bilan tanishdilar, ulardan o‘rgandilar, o‘quvchilar bilan hamkorlikda o‘quv-tarbiya ishlarini olib bordilar. 
     Musiqa va tasviriy san’at kafedrasida 2-3-kurs talabalarining  4+2 malakaviy amaliyotini    tashkil etish holati quyidagi jadvalda keltirilgan.
      Fakultet bo’yicha jami 26 ta darslik, 16 ta o’quv-qo’llanma, 21 ta elektron darslik chop etildi.   
     Pedagogika va ijtimoiy fanlar kafedrasi Buxoro shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati; 
•    Buxoro shahar 24-sonli ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi;
•    Buxoro shahar 6-IDUM.
•    Buxoro shahar 23-IDUM
•    Buxoro tuman 31-maktab
•    Buxoro Shahar 15-maktablar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
     Musiqa va tasviriy san’at kafedrasining professor-o‘qituvchilar Buxoro shahar A.Fitrat nomidagi maqom maktabi, 5,13,23,34,31–o‘rta umumta’lim muassasalari bilan innovasion-korporativ hamkorlikni amalga oshirib keldi.
    Mazkur maktablarda:
- Pedagog xodimlarning o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, elektron ta’lim vositalari va didaktik materiallardan foydalanish, o‘quvchilar bilimini baholash jarayoni bilan tanishish - ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida dars o‘tishning yangi metodlari bilan tanishtirildi;
-maktablardagi pedagog xodimlarning sifat tarkibi o‘rganildi;
-pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va uning samaradorligi monitoring qilib borildi va hisobotlaar berildi;
-variativ o‘quv reja asosida tashkil qilingan tanlov sinflarda qo‘shimcha manbalar bilan ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi;
-fanlar bo‘yicha sinfdan tashqari( fakultativ, to‘garak) ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi;
-fan olimpiadalari va tanlov;larning maktab bosqichlarini, o‘tkazishda kuzatuvchi sifatida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etib nazariy va amaliy yordam berildi.
-pedagog xodimlarni ilmiy, metodik, didaktik materiallar, o‘quv dasturlari bilan ishlash ko‘nikmalarini takomillashtirihsda yordamlar berildi;
-umumiy o‘rta ta’lim maktab pedagog xodimlariga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilg‘or pedagogic va axborot-kommunikatsion taxnalogiyalar asosida dars o‘tishning yangi metodlar hamda master klaslar, “Mahorat darslari’ tashkil qilindi;
-umumta’lim muassasi pedagog xodimlari va kafedra professor o‘qituvchilari o‘rtasida “Ustoz shogird” tizmi yo‘lga qo‘yildi; 
- umumta’lim muassasi pedagog xodimlari hamda kafedra professor o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materillar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan.
     Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtomoiy fanlar  fakulteti 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim va 60111300-Musiqa ta’limi yo‘nalishi bitiruvchilar musiqa va tasviriy san’at kafedrasi bo‘yicha  2023/2024 o‘quv yili hisobidagi ixtisoslik fanlaridan davlat imtixoni yuzasidan davlat attestatsiyasi komissiyasining
xulosasi
     Kafedralar professor o‘qituvchilari tomonidan 2023/2024 o‘quv yili davomida monografiya, oquv qollanma, xalqaro va respublika OAK, xalqaro WEB OF SCIENS, IMPAKT FAKTORLI va e’tirof etilgan bazalardagi jurnallarda, respublika, xalqaro konferensiyalarda ilmiy maqolalar, tezislar chiqarildi.               Shuningdek, kafedralardagi professor-oqituvchilar iqtidorli talabalar bilan hamkorlikda ham monografiya, oquv qollanma, ilmiy maqolalarni nashr etishdi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasida 2023-2024- o‘quv yilda ilmiy-uslubiy ishlar quyidagi tartibda bajarildi. 
1.    Sankt-Peterburg davlat universiteti, Rossiya Federal Arxiv agentligi, Rossiya davlat Ermitaji bilan hamkorlikda “3-Arxiv syezdi” loyihasining “Архивный документ как источник по истории музейного дела” seksiyasida “Деятелность сотрудников Бухарского музея в архивных документах П.А.Гончарова, Т.Ф.Гелах, Л.И.Ремпель” mavzusidagi ma’ruza bilan qatnashildi. 
Muddat: 12-oktabr. Mas’ul: Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Jo’rayev Sh.
2.    “Elephant Adventures” prodyuserlik kompaniyasi vakillari Fransiyaning “Arte” telekanali bilan hamkorlikda mamlakatimizning qadimiy shaharlarida O'zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan “Invitation Au Voyage” (sayohatga taklif) dasturini suratga olishdi. Arte madaniy kanalining suratga olish guruhi: Nastassia Chahtahtinsky va Bertrand Salou va Alaudinov Aleksandr 17 aprel kuni Ark qal'asiga tashrif buyurdi. Filmni suratga olish paytida fransuz fotografi Pol Nadar va uning Buxoroga safari, fotosuratlari haqida intervyu berildi.
Muddat: 18-aprel. Mas’ul: Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Jo’rayev Sh.
3.    Customer Success Consultant, Clarivate loyihasida “Программе сертификации по Web of Science: базовые, расширенные возможности платформы и основы наукометрии” da muvaffaqiyatli test topshirildi. 
Muddat: 27-31-may. Mas’ul: Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Jumayeva F.
4.    Customer Success Consultant, Clarivate loyihasida “Web of Science: ответы на часто задаваемые вопросы” mavzusodagi vebinarda ishtirok etdi. 
Muddat: 28-may Mas’ul: Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Jumayeva F.
5.    Buxoro davlat pedagogika institutida Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-mart 76-sonli “2024-yilda qo‘shimcha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga muvofiq “Xojagon-Naqshbandiya ta’limoti, uning Sharq renessansida tutgan o'rni (Xoja Ahror Valiy tavalludining 620 yilligiga bag‘ishlab)” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Pedagogika va ijtimoy fanlar fakultetida 2023-2024 o’quv yilida jami 223 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, 41 ta sport tadbirlari o’tkazildi.
 Kafedralarda 7-Sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan soʻzlagan nutqida bildirilgan fikrlar va ularning yoshlar ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini yoritib berish boʻyicha “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida taniqli olimlar, mutaxassislar ishtirokida targʻibot ishlarini tashkil etildi va  “Mustaqillik darsi” oʻtkazildi.
 1-kursga qabul qilingan talabalarni institutdagi mavjud shart-sharoitlarga moslashtirish jarayonini tashkil etish boʻyicha “1-kurs maktabi” tadbirlari oʻtkazildi  (dars-mashgʻulotlaridan tashqari vaqtlarda).
Talabalikka qabul qilinganlarning ijtimoiy-psixologik portreti shakllantirildi. 
Talabalarga tyutorlar biriktirildi, tyutorlar uslubiy materiallar bilan taʼminlandi. 
Talabalarga Instituti Ustavi, Ichki-tartib qoidalari, “Odob-axloq kodek mazmun-mohiyatini tushuntirildi.
Yil davomida besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar tashkil etildi. 1-tashabbus bo’yicha 40 ta, 2-tashabbus bo’yicha 35 ta, 3-tashabbus bo’yicha 17 ta, 4-tashabbus bo’yicha 55 ta, 5-tashabbus bo’yicha 34 ta tadbir o’tkazildi.
2023-2024 o‘quv yili davomida Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari “Milliy qadriyatlarning eng faol targ’ibotchisi” tanlovi instituti bosqichi 1-o‘rin, “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining institut bosqichi 3-o‘rin, “Zukko kitobxon talabalar ligase” intellectual tanlovi 2-o’rin, “Talabalar o‘rtasida “Zakovot” intellektuail o’yinida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 
Talabalar turar joyida har hafta kafedralar tomonidan “Kafedra kunlari” doirasida tadbirlar o‘tkazildi. 
Institut miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda “Sharq gavhari”, “Xorshunoslik”, “Fortepiano”, “Mumtoz navolar” to‘garaklari faol ishtirok yetib, to‘garak a’zolari tomonidan kuy va navolar namoyish etildi. “Yosh musavvirlar”, “Yosh ijodkorlar”, “Badiiy bezak” to‘garak a’zolari tomonidan kafedra kunlarida to‘garak faoliyati davomida bajargan ijodiy ishlarning ko‘rgazmasi tashkil qilindi. 
Talaba yoshlarni amaliy bezak san’ati turlari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratish maqsadida Respublika "Hunarmand" uyushmasi a’zosi, naqqosh-usta hunarmand G’oipov Alisher hamda tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
     Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan Buxoro viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, stressli vaziyatlardan olib chiqish maqsadida “Xayr stress” nomli seminar-trening tashkil qilindi.
Mavzu yuzasidan MMI va KBTX xodimlari hamda Buxoro davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Zubaydullo Narziyev maʼruza qildi.“Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etildi.
     Joriy yilning 16-mart kuni Buxoro viloyati IIB JXX JTSB PPXB xodimlari bilan O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 21-oktyabr kunidagi 400-sonli buyrug'iga asosan navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
2024-yil 11-may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan o'tkazilgan "Manaviyat va ma'rifat darsida "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-bosh mezon" mavzusida Buxoro davlat Pedagogika instituti Pedagogika va Ijtimoiy fanlar fakulteti dotsenti Murodov Halim Salimovich ma`ruza qildi.
     Fakultet rahbar kadrlari va pedagogik jamoasi uchun har hafta mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlar, xorijda roʻy berayotgan voqealar, yangi qabul qilingan qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, shuningdek, oliy taʼlim tizimida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va topshiriqlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” mavzusida maʼrifat soatlarini tashkil etildi.
     O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni Ijro etish departamenti oltinchi mintaqaviy hudud 17-son jazoni ijkro etish Kogon tumanida jazoni muddatini
o‘tayotgan maxkumlar bilan Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti tarix fanlari nomzodi Qilichev Rajab Ergashevich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2024 yil 31 may kuni Buxoro viloyatiga tashrifi yuzasidan o‘tkazilgan davra suhbati o‘tkazildi.         
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli ‘‘Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’ qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 29-may kunida Qozog‘iston Respublikasining L.N.Gumilov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori Auez Baydabekovning Musiqa va tasviriy san’at kafedrasining Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli 1TSMG-22S guruhi o‘quv rejasiga kiritilgan Chizma geometriya fani bo‘yicha 6 soatlik ma’ruza o‘tish maqsadida taklif etildi. 
     Shuningdek musiqa ta’limi hamda tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari  ishtirokida Osiyodagi xalqaro birdamlik assotsiatsiyasi  rahbari Alain PAYEN tomonidan Hindiston, Xitoy va O'zbekistondagi birdamlik madaniy, badiiy, ekologik, agroekologik, ta'lim tajribasi orqali 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga xalqaro birdamlik tamoyillari mavzusida seminar tashkil etildi.Musiqa va tasviriy san’at  kafedrasi katta  o’qituvchisi Gulov Sadriddin Frantsiyaning Parij  shahrida o’tkazilgan ana’naviy musiqa festivalida ishtirok etdi.
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan fan va ishlab chiqarish o‘rtasida innovatsion korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida Musiqa va tasviriy sanat kafedirasi  21 000 000 mln, Pedagogika kafedrasi 29600000 mln, ijtimoy fanlar kafedirasi 1000000 mln jami 51600000  so‘mlik  xo‘jalik shartnomasi bajarildi.
     “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” 2021 yil avgust oyidan Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti “Tabiiy va gumanitar fanlar” fakulteti tarkibida o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedra mudiri etib falsafa fanlari nomzodi, dotsent Sharipov Abduhakimjon Ziyouddinovich tayinlangan. Dastlab kafedrada 23 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borib, shundan, 10 nafar asosiy professor-o‘qituvchilar (Sharipov Abduhakimjon Ziyoitdinovich, Qilichev Rajab Ergashevich, Shokirov Mubin Rustamovich, Murtazoyev Shahobiddin Bahriddinovich, Rajabov Alisher Shavkatovich, Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li, Tuyev Fazliddin Erkinovich, Tog’ayeva Dilnavoz Narziqulovna, Ochilov Siroj Sirojovich, O‘razov Bobir Baxtiyorovich), O‘qituvchilarning 2 nafari dotsent, 2 nafari katta o‘qituvchi hamda 6 nafari fan o‘qituvchilari tashkil etgan. 4 nafar ichki o‘rindosh, 9 nafar tashqi o‘rindosh o‘qituvchilar faoliyat olib borgan. 
2021-2022 o‘quv yilida 8 nafar professor-o‘qituvchi malaka oshirgan. 
     Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan mutaxasis ta’lim yo‘nalishlari uchun Davlat va huquq nazariyasi va tarixi, milliy g‘oya tarixi va nazariyasi, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Arxeologiya, Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi, fan va texnika tarixi, Institutda tahsil olayotgan barcha ta’lim yo‘nalish talabalari uchun esa Falsafa, O‘zbekistonning eng yangi tarixi kabi fanlardan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilgan.
2021-2022 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro impact factorli jurnallarda 18 ta, mahalliy ilmiy jurnallarda 26 ta maqolalar, xalqaro konferensiyalarda 24 ta tezis, respublika konferensiyalarida 39 ta tezis chiqarilgan 2 ta Darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya nashr etilgan. 2 ta mualliflik guvohnomasi olinib, 18 ta videodarslar tayyorlangan. 2 mln so‘m miqdorida xo‘jalik shartnomasi amalga oshirilgan.
     2022 yil kafedra o‘qituvchilaridan 1 nafari A.Sharipov fan doktori DsC, 1 nafari B.O‘razov falsafa doktori PhD ilmiy darajasini olgan. Shu yili 1 nafar kafedra dotsenti A.Sharipov professor ilmiy unvonini olgan. 
Kafedraning 2021-2022 o‘quv yilida ilmiy salohiyati 20 % ni tashkil qilgan. 
Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan 2021-2022 o‘quv yilida 34 ta davra suhbati, 49 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, mahallalar bilan hamkorlikda 19 ta, maktablar bilan hamkorlikda 27 ta turli mazmundagi uchrashuv va tadbirlar tashkil etilgan. Ommaviy axborot vositalarida 7 marotaba chiqishlar amalga oshirilgan.
     2022 yil 1-oktabr o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Zakovat” intelektual o‘yinlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
     Kafedra tomonidan “Yosh tarixchilar”, “Yosh faylasuflar” to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan ustoz-shogird an’anasi joriy etilgan. Mutaxasislik ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalardan R. Hamroyeva “Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining respublika bosqichida 3-o‘rinni, Sh.To‘xtayeva “Konstitutsiya bilimdoni” Respublika tanlovida 2-oʻrinni qo‘lga kiritgan.
2021-2022 o‘quv yilidan Ijtimoiy fanlar kafedrasida tarix, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr mutaxasisslarini tayyorlash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu ta’lim yo‘nalishlari uchun 2021-2022 o‘quv yilida 123 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan. 
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi 2022 yil avgust oyidan boshlab, Pedagogika ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibida faoliyatini davom ettirdi. 2023 yilda kafedradagi professor-o‘qituvchilar soni jami 24 tani tashkil etib, asosiy 14 nafarga oshib, 6 nafar (Boboqulov Oxunjon Axmatovich, Ismatov Shohruh Murod o‘g‘li, Sharipov Dilshod Baxshulloyevich, Raxmatova Xolida Xoliqovna) professor-o‘qituvchilar qo‘shimcha qabul qilingan. Asosiy o‘qituvchilarning 1 nafari professor, 3 nafari dotsent, 2 nafari katta o‘qituvchi hamda 8 nafari fan o‘qituvchilari tashkil qilgan. 6 nafar ichki o‘rindosh (Jumaqulov Najmiddin Ibragimovich, Mirxodjayev Akmal Islamovich, Hamroyev Saidjon Sanoyevich, Rajabov San’atjon Sunnatovich, Narziyev Zubaydullo Ibadullayevich), 4 nafar tashqi o‘rindoshlar faoliyat olib borgan. 
2023 yilda 13 nafar professor-o‘qituvchi malaka oshirgan. 
     Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan mutaxasis ta’lim yo‘nalishlari uchun Davlat va huquq nazariyasi va tarixi, milliy g‘oya tarixi va nazariyasi, O‘zbekiston tarixi, Yordamchi tarix fanlari, Kasbiy ma’naviyat, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Jahon tarixi, Arxeologiya, Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi, fan va texnika tarixi, Institutda tahsil olayotgan barcha ta’lim yo‘nalish talabalari uchun esa Falsafa, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Mediasavodxonlik va axborot madaniyati kabi fanlardan o‘quv mashg‘ulotlari o‘qitilgan.
     2023 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro impact factorli jurnallarda 38 ta, mahalliy ilmiy jurnallarda 67 ta maqolalar, xalqaro konferensiyalarda 78 ta tezis, respublika konferensiyalarida 98 ta tezis chiqarilgan. 5 ta Darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 9 ta monografiya nashr etilgan. 4 ta mualliflik guvohnomasi olinib, youtoube platformasida 53 ta videodarslar tayyorlanib joylashtirilgan. 4 mln so‘m miqdorida xo‘jalik shartnomasi amalga oshirilgan.
2023 yil kafedra o‘qituvchilaridan D.Tog‘ayeva, F.Tuyev, S.Kenjayev, M.Shokirov, Sh.Murtozayev, A.Rajabov, S.Hamroyevlar jami 7 nafari falsafa doktori PhD ilmiy darajasini, 1 nafar o‘qituvchi X.Rahmatova dotsent ilmiy unvonini olgan.
     Kafedraning 2022 yilidagi ilmiy salohiyati 51 % ni tashkil qilgan. 
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomononidan 2023-yil 26-may kuni “Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim mazmunini yanada takomillashtirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy anjumani tashkil etildi.
     2023 yilda Kazan federal universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, 2023 yil aprel oyida kafedra o‘qituvchilari A.Sharipov, Sh.Murtazoyevlar Malaka oshirish kurlarida ishtirok etib kelishdi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan 2023 yilda 84 ta davra suhbati, 79 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, mahallalar bilan hamkorlikda 36 ta, maktablar bilan hamkorlikda 41 ta turli mazmundagi uchrashuv va tadbirlar tashkil etilgan. Ommaviy axborot vositalarida 17 marotaba chiqishlar amalga oshirilgan.
Kafedra tomonidan “Yosh tarixchilar”, “Yosh faylasuflar”, “Yosh huquqshunoslar”, to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan ustoz-shogird an’anasi joriy etilgan.
2023-yil tarix ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sh.Urunov “Bobur” nomli davlat stipendiyasining sohibi bo‘ldi. 
     2023 yilda Ijtimoiy fanlar kafedrasida tarix, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr mutaxasisslarini tayyorlashdan tashqari qo‘shimcha ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) magistratura ta’lim yo‘nalishi tashkil etilib, 1 nafar magistr qabul qilingan. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 2022-2023 o‘quv yilda 195 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan. 
     “Ijtimoiy fanlar” kafedrasidagi professor-o‘qituvchilar soni jami 33 tani tashkil etib, asosiy 23 nafarga oshib, 11 nafar (Murodov Halim Salimovich, Norboyev Sardor Qavmiddinovich, Jo‘rayev Sherali Gulyamovich, Vafayeva Dilafruza Ortiqovna, Atavullayeva Shaxlo Musayevna, Jabborova Saodat Sattorovna, Rajabov San’atjon Sunnatovich, Jumakulov Najmiddin Ibragimovich, Hamroyev Saidjon Sanoyevich, Narziyev Zubaydullo Ibodulloyevich, Ibrohimov Nozimjon Ixtiyorovich) professor-o‘qituvchilar qo‘shimcha qabul qilingan. Asosiy o‘qituvchilarning 2 nafari professor, 2 nafari dotsent, 3 nafari katta o‘qituvchi hamda 16 nafari fan o‘qituvchilari tashkil qilgan. 5 nafar ichki o‘rindosh (Mirxodjayev Akmal Islamovich, Rustamov Farrux, Kenjayev Sardor, Jumayev Alibek, Jumayeva Feruza), 5 nafar tashqi o‘rindoshlar faoliyat olib borgan. 
     2024 yilda 6 nafar professor-o‘qituvchi malaka oshirgan. 
     Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan mutaxasis ta’lim yo‘nalishlari uchun Davlat va huquq nazariyasi va tarixi, milliy g‘oya tarixi va nazariyasi, O‘zbekiston tarixi, Yordamchi tarix fanlari, Kasbiy ma’naviyat, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Jahon tarixi, Arxeologiya, Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi, fan va texnika tarixi, Institutda tahsil olayotgan barcha ta’lim yo‘nalish talabalari uchun esa Falsafa, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Mediasavodxonlik va axborot madaniyati, Dinshunoslik kabi fanlardan o‘quv mashg‘ulotlari o‘qitilgan.
     2024 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Scopus va web of since jurnalida 1 ta, xalqaro impact factorli jurnallarda 98 ta, mahalliy ilmiy jurnallarda 127 ta maqolalar, xalqaro konferensiyalarda 173 ta tezis, respublika konferensiyalarida 213 ta tezis chiqarilgan. 3 ta Darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya nashr etilgan. Youtube platformasida 84 ta videodarslar tayyorlanib joylashtirilgan. 25 mln so‘m miqdorida xo‘jalik shartnomasi amalga oshirilgan.
2024 yil kafedra o‘qituvchilaridan X.Rahmatova  fan doktori DsC, 2 nafar o‘qituvchi S.Jabborova, Sh. Sattorova falsafa doktori PhD ilmiy darajasini, O.Sirojov Professor, S.Kenjayev dotsent ilmiy unvonini olgan.
Kafedraning 2022 yilidagi ilmiy salohiyati 70 % ni tashkil qilgan. 
     2024 yilda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan 2024-yil 4-5 oktabr kunlari “Turkiston taraqqiyparvarlar me’rosi: tarixiy tajriba va milliy o‘zlikni anglash” mavzusida Xalqari ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2024-yil 17-18-oktabr kunlari “Yangi O‘zbekiston ma’rifiy jamiyat” konsepsiyasi asosida ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika miqyosida ilmiy-nazariy konferensiya tashkil etildi.
     Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida Ijtimoiy fanlar kafedrasi Kazan federal universiteti, Ural davlat federal universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Kafedra o‘qituvchilari A.Sharipov, Z.Narziyev, B.O‘razovlar 2024 yil dekabr oyida  Ural davlat federal universitetida malaka oshirish kurslarida tahsil oldilar.
      2024 yil 26 aprel kuni Fransiyaning “Arte” telekanali bilan hamkorlikda O'zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan “Invitation Au Voyage” (sayohatga taklif) dasturini suratga olishdi. Filmni suratga olish paytida fransuz fotografi Pol Nadar va uning Buxoroga safari, fotosuratlari haqida kafedra o‘qituvchisi Sh.Jo‘rayev intervyu berdi.
     Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan 2024 yilda 114 ta davra suhbati, 89 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, mahallalar bilan hamkorlikda 36 ta, maktablar bilan hamkorlikda 67 ta turli mazmundagi uchrashuv va tadbirlar tashkil etilgan. Ommaviy axborot vositalarida 24 marotaba chiqishlar amalga oshirilgan.
Kafedra tomonidan “Yosh tarixchilar”, “Yosh faylasuflar”, “Yosh huquqshunoslar”, “Yoh o‘lkashunoslar” to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan ustoz-shogird an’anasi joriy etilgan.
     2024-yilda iqtidorli talabalardan Tarix ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi A.Maxamadov “Bobur” nomli davlat stipendiyasini, Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi N.Yaxshimurodova “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi. 
2024 yilda Ijtimoiy fanlar kafedrasida qo‘shimcha ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi) magistratura ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi, 2024 yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 97 nafar talaba,      14 nafar magistr qabul qilingan. Umumiy pedagogika  
Umumiy pedagogika kafedrasi 2024-yil 4-sentabrdan boshlab “Pedagogika” kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchi asosiy hissada, 8 nafar o‘qituvchi ichki o‘rindosh, 2 nafar professor-o‘qituvchi tashqi o‘rindosh sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 41,1 %  (asosiy hissada 4 nafar professor-o‘qituvchi, ichki o’rindoshda 3 nafar professor-o’qituvchi ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega.)
Kafedrada 2024/2025 o‘quv yilida  “Pedagogika”  mutaxassisligi bo‘yicha       19 nafar  magistrant tahsil olmoqda.
    PEDAGOGIK TA’LIM KAFEDRASI 
Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagogika instituti negizida Pedagogik ta’lim fakultetining “Pedagogika, psixologiya va texnologik ta’lim” kafedrasi 2021-yilda tashkil etilib o‘z faoliyatini boshlagan. 
2022-2023 o‘quv yilida fakultet nomi “Pedagogika va ijtimoiy fanlar”ga va kafedra nomi esa “Pedagogika”ga o‘zgartirilgan. 
2024-2025 o‘quv yillarida  Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetining Pedagogika kafedrasi – 3 ta kafedraga, ya’ni Pedagogik ta’lim, Umumiy pedagogika, Psixologiya kafedralariga bo‘lingan. 
    Quyida dastlabki yillardan so‘nggi yillarga qadar kafedra faoliyati haqidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
BuxDUPI Pedagogik ta’lim fakulteti qoshida «Pedagogika, psixologiya va texnologik ta’lim» kafedrasi 2021 yil avgust oyidan o’z faoliyatini boshladi. Kafedra mudiri p.f.f.d., dotsent Izbullayeva Gulchehra Valeriyevna. Kafedrada quyidagi ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari mavjud:
Kafedrada asosiy va ichki o’rindoshda 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. 8 nafar professor-o‘qituvchi ilmiy unvonga ega. Shulardan, fan nomzodi - 3 nafar; dotsent - 5 nafar; PhD - 4 nafar. Professor-o‘qituvchilar tarkibi: Asosiy shtatda 7 nafar; Ichki o’rindosh 6 nafar; Tashqi o’rindosh 20 nafar. Kafedraning ilmiy salohiyati asosiy shtat hisobidan 28,5 % ni, ichki o’rindoshlik hisobidan jami 61,5 % ni tashkil qiladi.
Ilmiy va ilmiy-tadqiqotlarning kafedrada amalga oshirilishi.
Ilmiy konferensiyalar tashkillashtirish: “Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim mazmunini yanada takomillashtirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani 2022 yil 25-aprel.
Аnjumanda quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha masalalar muhokama qilindi:
•    Taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish va optimallashtirish: muammo va yechimlar.
•    Uzluksiz taʼlim turlarida muayyan kasb va mutaxassislikka tegishli kompetensiyalarni takomillashtirish zarurati.
•    Taʼlimga oid meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish va oʼquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish istiqbollari.
•    Taʼlimda didaktik asarlardan foydalanish imkoniyatlari.
Anjuman ishtirokchilari va tezislarning umumiy soni. 
•    Anjumanda 300 nafarga yaqin ishtirokchi ro’yxatga olingan.
•    Anjuman materiallari to’plamida 171 ta tezislar chop etilgan. 
Аnjumanning ilmiy natijasi: 
•    taʼlim mazmunini yangi bosqichga koʼtarish, muayyan kasb va mutaxassislikka tegishli kompetensiyalarni takomillashtirish, taʼlimga oid meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish, taʼlimda didaktik asarlardan foydalanish, oʼquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish boʼyicha ilmiy-innovatsion taklif va tavsiyalar tayyorlandi. 
Respublika va xorijiy kafedralar bilan hamkorlik: 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti O’quv-metodik va ilmiy faoliyatda o’zaro hamkorlik: 
Toshkenr davlat Pedagogika universiteti (Ta’lim dasturlarini o’qitishda ichki almashinuv).
2021-2022 o’quv yilida jami 12 nomdagi monografiya, darslik, o’quv qo’llanma va uslubiy qo’llanmalar yaratilgan.  54 ta xorijiy va respublika OAK jurnallarida ilmiy maqolalar nashr etilgan. Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan guvohnomalar soni 6 ta. 
     Ilmiy to’garaklar faoliyati
     Kafedra qoshida 3 ta to’garak faoliyat ko’rsatadi.
     Yosh pedagoglar: Izbullayeva Gulchehra Valeriyevna, Umedjanova Malika Luqmanovna, Shernazarov Zuhriddin Zulfiddin o’g’li. Talabalarni pedagogik mahoratini tarbiyalash, bilim, ko’nikma va malakasini shakllantirish. Ta’lim tarbiya berish, ilmiy pedagogik faoliyatni tashkil etish, rivojlantirish, boshqarish va ijtimoiy pedagogik xususiyatlarni o’rgatishni yo’naltirishga mo’ljallangan. 
     Motivatorlar: Nematova Rayima Radjabovna, Baxriyeva Nargiza Axmadovna, Toyirova Shahlo Izatovna.       Talabalarni amaliyotchi-psixologning kasbiy faoliyati va uning talablari, psixologik tarixi va uning shakllanish jarayoni, psixologiya fanining dolzarb masalalari, individ, shaxs, individuallik va shaxs psixik taraqqiyotining muammolari bilan tanishtirish. 
     Mohir qo‘llar: Hamdamova Nozima Muqimovna. Talabalarga munchoqli bezak san’ati haqida nazariy bilimlar berish, tikuvchilik ishlarini tashkil qilish, kiyimlarni loyihalash, modellashtirish bilan bir qatorda matolar ustida ishlash va amaliy mashg’ulotlarni bajarish bilim, ko’nikma va malakasini oshirish. 
     BuxDPI Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti qoshida “Pedagogika” kafedrasi 2022-yil avgust oyidan o‘z faoliyatini boshladi. Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxasssisliklari mavjud:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, topshiriq xatlari asosida Buxoro Pedagogika insituti Pedagogika fakultetida 2022 – 2023-o‘quv yilida  quyidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etildi:
     2022 – 2023-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan guruhlarga kafedra professor o‘qituvchilari “1-kurs maktabi” tadbirlari doirasida “Talabalik mas’uliyati” va “Odob-axloq qoidalari”  mavzularida seminar-treninglar o‘tkazildi. 
     Fakultetdagi mavjud shart-sharoitga o‘qishga qabul qilingan birinchi kurs talabalarini ko‘niktirish, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish, ularda moslashish  jarayonini  tashkil etildi. “Ko‘nikma hosil qilish” haftaligi yuqori saviyada tashkil etish maqsadida talabalarga guruh murabbiylari biriktiriladi va  ular o‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan uslubiy materiallar bilan ta’minlanadi. Mazkur uslubiy materiallar orqali birinchi kurs talabalari odob-axloq qoidalari bilan tanishtiriladi va ularda moslashish jarayoni shakllantirdi. “Mustaqillik darsi” va “Ma’naviyat soati” barcha guruhlarda o‘tkazildi. 
     Fakultet talaba-yoshlarida vatanparvarlik, mehnatsevarlik, bilim olishga intilish, bunyodkorlik, diyonatlilik, donolik, jamoatchilik, insonparvarlik, insoflilik, intiluvchanlik, kamtarlik,kitobsevarlik, qatiyatlilik, mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, o‘qimishlilik, o‘quvlilik, haqgo‘y (haqiqatgo‘y)lik, halollik, harakatchanlik, hozirjavoblik, hunarlilik, hushyorlik, milliy iftixor kabi insoniy fazilatlarni qaror toptirish hamda ularning ongiga milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasini singdirish maqsadida “Yosh pedagoglar”, “Ijodkor yoshlar”, “Motivatorlar”  to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yildi.
Barcha guruhlarning demografik ma’lumotlari shakllantirilib, boshqa viloyatlardan hamda chekka va uzoq hududda joylashgan tumanlardan kelgan talabalar talabalar turar joyiga hamda ijara xonadoniga joylahtirishga amaliy yordam berildi.
     Kafedra professor-o‘qituvchilari 2022-yil 12-oktabr kuni A.To‘ymurodov Peshku tumani 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabida D.Isabayeva Peshku tumani 2- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, L.Baqoyevalar tomonidan Peshku tumani 46- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bilan o‘quvchilar o‘rtasida, kompyuter savodxonligi past bo‘lgan maktablarda mahorat darslarini o‘tdilar.
     2022-yil 21-oktabr kuni kafedra professor-o‘qituvchilari G.Izbullayeva, U.Umedjanovalar Buxoro shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtososlashtirilgan maktab-internatda “Ona tilim-g‘ururimsan” mavzusida tadbir tashkil qildilar.  
     2022-yil 22-oktabr kafedra professor-o‘qituvchilari N.A.Baxriyeva, M.L.Umedjanova Z.Z.Shernazarov hamda fakultetning 1-PPs-21, 2-PPs-21 guruh talabalari Buxoro ‘‘AYOLLAR MURUVVAT UYIGA’’ tashrif buyurishdilar. 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim – sarchashmangdan sarhush dilim” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 
     Talaba-yoshlarda huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari N.Baxriyeva, Sh.Toirovalar “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzuida tadbir o‘tkazdilar.
     Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish  maqsadida kafedra o‘qituvchilari L.S.Elibayeva, N.B.Ismatova,O‘Qurbonova, M.Umedjanovalarlar talabalar turar joyida “Giyohvandsiz kelajak sari”, “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz”, “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”, “Oila salomatligi – jamiyat tayanchi”, “Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”, “Turmush tarzimizda ezgu fazilatlar mujassam”  kabi mavzularda talabalarning soha mutaxassislari bilan uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkaziladi. Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib kilish, OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarni oldini olishga qaratilgan “Giyohvandlik – umr zavoli” aksiyasi o‘tkazildi. 
     16-noyabr kuni Pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan “Yaxshilik sari bir qadam” shiori ostida Buxoro “AYOLLAR MURUVVAT UYI” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘I  qabul qilingan kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Pedagogika fakultetining “Afsona” teatr jamoasi tomonidan spektakl namoyishi,talabalarning qiziqarli chiqishlari yig‘ilganlarga bir olam quvonch baxsh etdi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan esa ayollarga badiiy kitoblar hamda kundalik foydalanish uchun gigiyena vositalari taqdim etildi. 
Pedagogika kafedrasi dosenti G.T.Yadgarova “Kiyinish odobiga rioya etish-talaba ma’naviyati ko‘zgusi”, “Sharqona odob-axloq”, “Talabaning muomala va kiyinish madaniyati” kabi mavzularda katta hayot tajribasiga ega, yoshi ulug‘ professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
26-aprel kuni “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusida tadbir tashkil etildi.
     6-may kuni Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi, p.f.f.d. (PhD) S.M.Umarova tomonidan “Ayol va musiqa” nomli konsert dasturi tashkil etildi.
     9-May “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan kafedra o‘qituvchilari D.Tosheva,L.Elibayeva, O‘.Qurbonovalar 1-PED-22 guruh talabalari bilan birgalikda 10- may kuni  “Xotira aziz – qadr muqaddas” mavzusida tadbir o‘tkazdilar.
     2024-2025 o‘quv yilida Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetining Pedagogik ta’lim kafedrasi faoliyat yurita boshladi. Buxoro davlat pedagogika institutining Pedagogik ta’lim kafedrasining p.f.f.d. (PhD), kafedra dotsenti Umarova Sitora Muxlisovna kafedra mudiri sifatida tayinlandi.
     Kafedra umumiy o‘quv yuklamasining jami soati 14319 soat bo‘lib, jami 17 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyati
     2024-yildan Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetining Psixologiya kafedrasi faoliyat yurita boshladi. Buxoro davlat pedagogika institutining Psixologiya kafedrasining p.f.f.d. (DSc), dotsent Muxtorov Erkin Mustafoyevich kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
2024-2025-o‘quv yili. BuxDUPI Pedagogik ta’lim fakulteti qoshida “Psixologiya” kafedrasi 2024 yil avgust oyidan o’z faoliyatini boshladi. Kafedrada quyidagi ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari mavjud:
     “Psixologiya” kafedrasida asosiy va ichki o’rindoshda 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. 10 nafar professor-o‘qituvchi ilmiy unvonga ega. Shulardan, fan doktori – 1 nafar, fan nomzodi - 1 nafar; professor – 1 nafar, dotsent - 4 nafar; PhD -4  nafar. Professor-o‘qituvchilar tarkibi: Asosiy shtatda 13 nafar; Ichki o’rindosh 1 nafar; Tashqi o’rindosh 1 nafar. Kafedraning ilmiy salohiyati asosiy shtat hisobidan 60 % ni, ichki o’rindoshlik hisobidan jami 72% ni tashkil qilgan. Musiqa va tasviriy san’at kafedrasining   
“Musiqa va tasviriy san’at”  kafedrasining professor- o’qituvchilari talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida  ijodiy kecha  2021-yilning  3-noyabr kuni tashkil qilindi. Ma’lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Badiiy kecha davomida musiqa ta’limi yo’nalishi talabalari tomonidan jonli ijroda kuylar tinglandi. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan chizilgan rangtasvir va qalamtasvir ishlari namoyish etildi.