shape
shape

“Dolzarb 90 kun” doirasida IT va kompyuter savodxonligi mashg‘ulotlari davom etmoqda

  • Home
  • Dolzarb 90 kun
  • “Dolzarb 90 kun” doirasida IT va kompyuter savodxonligi mashg‘ulotlari davom etmoqda
“Dolzarb 90 kun” doirasida IT va kompyuter savodxonligi mashg‘ulotlari davom etmoqda

“Dolzarb 90 kun” doirasida IT va kompyuter savodxonligi mashg‘ulotlari davom etmoqda

     Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi Sherriyev Mirjalol Abdullayevich tomonidan tashkil etilgan “IT, kompyuter savodxonligi” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

💻 Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga Microsoft Office dasturlari, xususan, PowerPoint dasturida ishlash ko‘nikmalari amaliy tarzda tushuntirildi. Unda slaydlar tayyorlash, taqdimotlarni mazmunli va estetik shakllantirish, interaktiv testlar yaratish hamda dastur menyularining funksional imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

🔆 Mazkur mashg‘ulot yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.