(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

A summer school dedicated to studying national art has begun

A summer school dedicated to studying national art has begun

A summer school dedicated to studying national art has begun

Buxoro davlat pedagogika institutida Musiqa va tasviriy san'at kafedrasi tashabbusi bilan "O'zbekiston miniatyura san'ati" mavzusidagi yozgi maktab o'z faoliyatini boshladi.

Yozgi maktabda institut talabalari bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti talabalari ham faol ishtirok etmoqda. Bu esa ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Dastur doirasida ma'ruzalar, mahorat darslari, amaliy mashg'ulotlar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib, ishtirokchilar miniatyura san'atining tarixi, badiiy xususiyatlari hamda yaratish texnikalari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Mazkur loyiha yoshlarning milliy miniatyura san'ati bo'yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish hamda madaniy merosimizni keng targ'ib etishga qaratilgan.

Milliy san'atimizni o'rganish va targ'ib etishga qaratilgan ushbu loyiha davom etadi.