"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta'lim fakulteti talabalari ofitser mayor Xaydarov Muzaffar Urmonovich rahbarligida Buxoro shahrining noyob me'moriy obidalaridan biri — Minorayi Kalon majmuasiga ma'naviy-ma'rifiy tashrifni amalga oshirdilar.
Tashrif davomida talabalar Minorayi Kalonning bunyod etilish tarixi, uning jahon me'morchiligi va Markaziy Osiyo tamadduni rivojidagi o'rni, shuningdek, xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosidagi beqiyos ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Obidaning asrlar osha o'zining ulug'vor qiyofasi va tarixiy qimmatini saqlab kelayotgani yoshlar uchun yurtimizning boy madaniy merosiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Mazkur ma'naviy-ma'rifiy tadbir talabalarda tarixiy obidalarga ehtirom, milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat hamda ajdodlar merosini asrab-avaylash mas'uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

