(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Harbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlikning yangi bosqichi

Harbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlikning yangi bosqichi

Harbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlikning yangi bosqichi

Harbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlikning yangi bosqichi

👍 Buxoro davlat pedagogika institutiga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli, Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey direktori, polkovnik Saidov Ixtiyor Mizrobovich tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmon institutning ta’lim jarayoni, moddiy-texnik bazasi hamda Harbiy ta’lim fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari, harbiy ta’lim yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, polkovnik Saidov Ixtiyor Mizrobovich Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy ta’lim yo‘nalishining rivoji va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdi.

Muloqot davomida harbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, tajriba almashish, ta’limiy va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur hamkorlik kelgusida harbiy ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, yoshlarning kasbiy va vatanparvarlik salohiyatini yuksaltirish hamda malakali harbiy-pedagog kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.