(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Viloyat pedagogik mahorat markazi bo'sh ish o'rinlariga tanlov e'lon qiladi!

  • Home
  • Announcement
  • Viloyat pedagogik mahorat markazi bo'sh ish o'rinlariga tanlov e'lon qiladi!
Viloyat pedagogik mahorat markazi bo'sh ish o'rinlariga tanlov e'lon qiladi!

Viloyat pedagogik mahorat markazi bo'sh ish o'rinlariga tanlov e'lon qiladi!

    O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi vakant bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilаdi:

🔰Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi:
➡️Rus tili fani metodisti;
➡️Matematika fani metodisti;
➡️Qardosh tillar metodisti;
➡️Musiqa madaniyati fani metodisti;
➡️Jismoniy tarbiya va CHQBT fani metodisti;
➡️Boshlang'ich ta'lim metodisti.

🔖Talablar:

➡️Vakant lavozimlarga soha yo'nalishi (pedagogika (fan yo‘nalishi) bo‘yicha oliy maʼlumotli bakalavr diplomiga ega (magistratura diplomiga egalik ustunlik beradi) nomzodlar;

➡️Kamida 2 yil (shundan kamida 1 yil ta'lim sohasida soha yo'nalishi bo'yicha ishlagan bo'lishi) ish stajiga ega bo‘lishlari;

Shuningdek, vakant lavozimlarga:
➡️Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;

➡️Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi, davlat tilini bilishi (rus, ingliz va chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi) hamda soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni  bilishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko'nikmalariga ega bo'lishi talab etiladi.

📌Talabgor nomzodlar o'z hujjatlarini https://buxoromoi.uz yoki @BUXOROPMMBOT manzili orqali topshirishi mumkin.

➡️Qabul muddati: 23.08.2026 ga qadar.

☎️ Murojaat uchun tel.: (91) 447-28-51 / (94) 546-47-88