shape
shape

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘yicha ilmiy seminar o‘tkaziladi

  • Home
  • Announcement
  • Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘yicha ilmiy seminar o‘tkaziladi
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘yicha ilmiy seminar o‘tkaziladi

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘yicha ilmiy seminar o‘tkaziladi

    2026-yil 23-mart kuni soat 16:00 da Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01 raqamli Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tadi.

    Ilmiy seminarda tadqiqotchi Yusupova Zulfizar Sharipovna ning 13.00.01 — Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sportga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishning pedagogik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkaziladi.

Ilmiy rahbar:

  • Mambetov Bayram Jaksimuratovich — pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent

Ish bajarilgan tashkilot:

  • Buxoro davlat universiteti

Taqrizchilar:

  • Olimov Shirinboy Sharofovich — pedagogika fanlari doktori, professor
  • Davronov N.I. — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor

    Mazkur ilmiy seminar 2026-yil 23-mart kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi.

    Ilmiy seminar ishida professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda barcha qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.