Tanlovning OTM bosqichi uchun hujjatlar quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:
1. Sinov daftarchasidan ko‘chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan)
2. Dekanat tavsiyanomasi
3. Ilmiy rahbarning xulosasi
4. Ilmiy ishlar ro‘yxati (tasdiqlangan holatda)
5. Tanlov va olimpiadalardagi yutuqlar (tasdiqlangan ro‘yxat)
6. Ilmiy-ijodiy ishlarning bosma nusxalari
7. Qo‘shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa)
8. Pasport nusxasi
9. Ma’lumotnoma (obyektivka)
Stipendiya nizomi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalari NIZOMI
🗓 Hujjatlar qabul qilish muddati:
📅 2026-yil 8-iyundan — 21-iyunga qadar
📍 Qabul joyi: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi (205-xona)
📞 Murojaat uchun telefon: 94-863-84-48
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – o‘z bilimingiz va yutuqlaringizni yuksak mukofotlar bilan taqdirlash imkoniyatini qo‘lga kiriting!

