

Texnologiyalar, sun'iy intellekt va xalqaro tillar davrida muvaffaqiyat sari ilk qadamni Buxoro davlat pedagogika instituti bilan tashlang!
2026/2027-o‘quv yili uchun institutda quyidagi yangi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari ochildi:
Xorijiy til va adabiyoti: koreys tili - Koreya bilan hamkorlik, zamonaviy til bilimlari va xalqaro imkoniyatlar sari yo‘l.
Sun'iy intellekt - ertangi kun texnologiyalarini yaratadigan mutaxassis bo‘lish imkoniyati.
Axborot tizimlari va texnologiyalari - IT sohasi, dasturlash va raqamli transformatsiya olamiga ishonchli start.
Kelajagingizni bugundan rejalashtiring! Eng talabgor va istiqbolli yo‘nalishlardan birini tanlab, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallang.
Hujjat topshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Buxoro davlat pedagogika instituti - kelajak kasblari, zamonaviy ta'lim va cheksiz imkoniyatlar sari ishonchli tanlov!