(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

2026/2027-o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi

  • Home
  • News
  • 2026/2027-o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi
2026/2027-o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi

2026/2027-o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi

O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt yo'nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari;
  • Bakalavriat va magistratura bo'yicha umumiy qabul parametrlari ta'lim shakllari hamda o'qitish tillari kesimida;
  • Tillar, maxsus pedagogika, sport, san'at va boshqa yo'nalishlarning ixtisoslashuviga ko'ra qabul taqsimoti;
  • Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qo'shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari;
  • Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun qo'shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari;
  • Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo'shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari;
  • Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari;
  • Muddatli harbiy xizmatni o'tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko'rsatkichlari;
  • Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo'shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari;
  • "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo'shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari;
  • O'rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo'shimcha davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari;
  • Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o'rinlari;
  • Davlat granti ulushining ta'lim sohalari va bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha taqsimoti;
  • Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta'limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro'yxati;
  • Maktab ta'limi, sog'liqni saqlash va san'at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari;
  • Maktabgacha ta'lim pedagoglari uchun dual ta'lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari;
  • Oliy malaka toifasiga ega maktab o'qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta'lim bo'yicha maqsadli qabul;
  • 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to'lov-kontrakt o'rni;
  • Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta'limga qo'shimcha 4 000 ta davlat granti;
  • Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o'rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri;
  • Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston va Mo'g'uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari.