Sayt test rejimida ishlamoqda
Batafsil

Talabalar bilimini baholash imtihonlari mas’ullar nazoratida

  • 7-Fevral, 2023-yil
Blog Image

2022/2023-yil kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlarining adolatli va shaffof o’tkazilishi Institut mas’ullari tomonidan o’rganilmoqda.

Harbiy ta’lim fakulteti 3-bosqich talabalarining “Muhandislik tayyorgarlik” fani bo’yicha yozma shaklda o’tkazilgan yakuniy nazorat imtihonlarining topshirilishi Komplayens nazorat bo’limi boshlig’i kuzatuvi ostida tashkil qilindi.

Talabalar bilimini baholanishining yakuniy nazorat turini yanada xolisona o’tkazilishini ta’minlash maqsadida fakultetning tegishli mutasaddilariga tavsiyalar berildi.