Sayt test rejimida ishlamoqda
Batafsil

“Nazoratlar oyligi” shaffofligi ta’minlanmoqda

  • 9-Fevral, 2023-yil
Blog Image

2022‑2023-o'quv yilida Institut talabalarining tegishli fanlar bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini o'zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazilmoqda.

Shu jumladan, Institutning Harbiy ta’lim fakulteti talabalari bilimlarini odilona baholash maqsadida fakultet jamoasi hamda ishchi guruh tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, yakuniy nazorat turlarini xolisona o’tkazish choralari amalda qo’llanmoqda.

Buning uchun, yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchilar tomonidan amalga oshirilishi ta’minlandi.

Qolaversa, nazorat o’tkaziladigan xonalarga videoyozuvni qayd etish moslamalari o’rnatildi hamda imtihon jarayonlarni to’liq moslamaga yozib olinmoqda. Talabalarning imtihonlarga mukammal tayyorlanishi uchun imtihon savollari nazorat turi o’tkazish sanasidan 10 kun oldin tarqatildi, test shaklida o’tkazilgan nazorat imtihonlari esa bevosita ishchi guruhga mas’ul Komplayens-nazorat bo’limi tomonidan shaxsan kuzatilishi ta’minlanib kelinmoqda.