

Buxoro davlat pedagogika institutida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish jarayoni bugun ham davom etmoqda.
Diplom - bu nafaqat oliy ta'limni muvaffaqiyatli yakunlaganlik ramzi, balki izlanish, mehnat va fidoyilikning munosib e'tirofidir. Bugun yuzlab bitiruvchilar o‘z orzulari sari yana bir muhim qadamni tashlab, kelajak sari ishonch bilan odimlamoqdalar.
Zamonaviy va raqamlashtirilgan xizmatlar asosida tashkil etilgan topshiruv jarayoni bitiruvchilar uchun qulaylik yaratish bilan birga, ushbu unutilmas kunning yanada mazmunli va quvonchli o‘tishiga xizmat qilmoqda. Institut hududidagi fotozonalarda bitiruvchilar ustozlari, ota-onalari va yaqinlari bilan birgalikda hayotlarining eng yorqin va unutilmas lahzalarini esdalikka muhrlamoqdalar.
Hurmatli bitiruvchilar! Sizni ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabriklaymiz. Egallagan bilim va kasbiy salohiyatingiz bilan yurtimiz ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilishingizga ishonamiz. Hayot yo‘lingiz doimo muvaffaqiyat, ezgu maqsadlar va ulkan yutuqlar bilan bezansin!