(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Farzona Fozilovadan kumush medal!

Farzona Fozilovadan kumush medal!

Farzona Fozilovadan kumush medal!

Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi, -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Farzona Fozilova Jahon kubogi final bahsida ringga ko'tarildi.

Hal qiluvchi jangda u Hindiston vakili Joti bilan kuch sinashdi. Murosasiz va qiziqarli kechgan bahsda vakilamizga biroz omad yetishmadi. Yakunda 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergan Farzona Fozilova musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi.

Sportchimizni ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!