

Buxoro davlat pedagogika institutida 2026–2027-o'quv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlash bo'yicha institut tanlov bosqichining suhbat jarayoni bo'lib o'tdi.
Suhbat davomida talabgorlarning davlat tili, chet tili hamda O'zbekiston tarixi fanlari bo'yicha bilim va salohiyati, shuningdek, mantiqiy fikrlash va o'z fikrini erkin bayon etish ko'nikmalari belgilangan mezonlar asosida xolis va shaffof tarzda baholandi.
Mazkur tanlov iqtidorli, bilimdon va tashabbuskor talabalarni aniqlash hamda ularni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etishga xizmat qildi.