

Buxoro davlat pedagogika institutida 2025–2026-o‘quv yili davomida ta’lim, ilm-fan, sport, ijodiy va jamoat ishlarida alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining tashabbuskorligi, liderlik qobiliyati hamda erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan talaba-yoshlar “Yilning eng faol talabalari” sifatida e’tirof etildi.
Ushbu yutuq egalari bilimga chanqoqligi, Vatanga sadoqati, jamoat ishlaridagi faolligi va institut hayotidagi munosib ishtiroki bilan e’tiborga sazovor bo‘ldi. Ularning har biri bugungi kunning faol yoshlari, ertangi kunning yetuk mutaxassislari sifatida e’tirofga loyiqdir.
Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti nomidan barcha taqdirlangan talabalarni samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘liq, cheksiz g‘ayrat, yangi yutuqlar va ulkan zafarlar tilaymiz.