(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Suzish bahslarida navbatdagi yutuq!

Suzish bahslarida navbatdagi yutuq!

Suzish bahslarida navbatdagi yutuq!

"Yangi O'zbekiston talabalari olimpiadasi" respublika final bosqichi doirasida o'tkazilgan suzish musobaqalarida Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-qizlari munosib ishtirok etib, estafetaning 4×50 metr masofasida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdilar.

Jamoa tarkibida:

  • Ramazonova Jasmina
  • Hakimjonova Ruxshona
  • Aminova Shaxinabonu
  • Husenova Feruza

Sportchi qizlarimizning ahilligi, matonati va g'alabaga bo'lgan intilishi ushbu muvaffaqiyatning asosiy omili bo'ldi.

Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan sportchi qizlarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!