(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti Regbi-7 jamoasining 12 nafar sportchi qizi "Sport ustaligiga nomzod" (KMS) unvoniga sazovor bo‘ldi

  • Bosh sahifa
  • Talabalarimiz yutuqlari
  • Buxoro davlat pedagogika instituti Regbi-7 jamoasining 12 nafar sportchi qizi "Sport ustaligiga nomzod" (KMS) unvoniga sazovor bo‘ldi
Buxoro davlat pedagogika instituti Regbi-7 jamoasining 12 nafar sportchi qizi "Sport ustaligiga nomzod" (KMS) unvoniga sazovor bo‘ldi

Buxoro davlat pedagogika instituti Regbi-7 jamoasining 12 nafar sportchi qizi "Sport ustaligiga nomzod" (KMS) unvoniga sazovor bo‘ldi

Yangi yutuq - Yangi marralar!

    Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti Regbi-7 ayollar jamoasi navbatdagi yuksak muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi.

    Buxoro viloyati sport boshqarmasi komissiyasi xulosasiga asosan institutimizning Regbi-7 yo‘nalishida tahsil olayotgan 12 nafar sportchi talaba qizga "Sport ustaligiga nomzod" (KMS) sport unvoni rasman tasdiqlandi.

    "Sport ustaligiga nomzod" (KMS) sport unvoniga sazovor bo‘lgan talabalar:

     Jalolova Jasmina Jobir qizi
     Berdiyeva Bahoroy Davronbek qizi
     Tursunova Roza Shavkat qizi
     Turayeva Adolat Baxtiyor qizi
     Saylixonova Chiroy Otabekovna
     Ro'ziyeva Rayhona Sevindikovna
     Qiyomova Jasmina G‘olib qizi
     Ibragimova O‘g‘iloy Murod qizi
     Aslonova Zebo Hamza qizi
     Ahmadova Munisabonu Nazir qizi
     Ravshanbekova Shodiyona Ne'matulla qizi
     Muhammadova Malika Nazirjonovna

Mazkur yutuq sportchi qizlarimizning mashaqqatli mehnati, mustahkam iroda va yuksak mahorati, shuningdek, murabbiylar hamda professor-o'qituvchilarimizning fidokorona mehnati samarasi hisoblanadi. Jamoamiz nomidan barcha sportchi qizlarimiz va ularning murabbiylarini samimiy muborakbod etamiz! Sizlarning bugungi muvaffaqiyatingiz ertangi yanada ulkan zafarlar uchun mustahkam poydevordir.

Kelgusida respublika va xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, "Sport ustasi" unvonini ham zabt etishingizga ishonamiz.

🤝 Sizlar bilan faxrlanamiz!