

❗️Diqqat! Rektor nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov nomidan fuqarolarga turli mazmundagi soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.
Rasmiy ma’lum qilamizki, mazkur xabarlarning institut rektoriga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu xabarlarga ishonmaslik, ularda keltirilgan ko‘rsatmalarni bajarmaslik hamda shaxsiy ma’lumotlar va maxfiy kodlarni begona shaxslarga bermaslik so‘raladi.
Fuqarolardan ogoh bo‘lish, shubhali xabarlarga javob bermaslik va ularni boshqalarga tarqatmaslikni so‘raymiz.
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube