(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Yangi ilmiy marraga erishildi: Scopus bazasidagi maqolalar soni 2026-yilda 200 taga yetdi

  • Bosh sahifa
  • Rasmiy
  • Yangi ilmiy marraga erishildi: Scopus bazasidagi maqolalar soni 2026-yilda 200 taga yetdi
Yangi ilmiy marraga erishildi: Scopus bazasidagi maqolalar soni 2026-yilda 200 taga yetdi

Yangi ilmiy marraga erishildi: Scopus bazasidagi maqolalar soni 2026-yilda 200 taga yetdi

Buxoro davlat pedagogika instituti olimlarining ilmiy salohiyati xalqaro miqyosda yuksalishda davom etmoqda.

Institutning 2026-yilda Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan maqolalar soni 200 taga, institutning Scopus profilidagi umumiy maqolalar soni esa 482 taga yetdi. Bu institut ilmiy faoliyatining xalqaro e’tirofi va izchil rivojlanayotganining yana bir muhim ko’rsatkichidir.

Institutning Scopus bazasidagi ko’rsatkichlari:

  • 2026-yilda indekslangan ilmiy maqolalar: 200 ta;
  • Scopus profilidagi jami ilmiy maqolalar: 482 ta.

Scopus bazasida indekslangan ilmiy maqolalar, ularga berilgan iqtiboslar, xalqaro hammualliflik darajasi hamda h-indeks ko’rsatkichlari oliy ta’lim muassasasining xalqaro akademik reytinglardagi o’rnini belgilovchi asosiy mezonlardan sanaladi.

Scopus profilidagi maqolalar ro’yxati bilan tanishing: Buxoro davlat pedagogika institutining Scopus profili

Institutimiz olimlarini navbatdagi ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va ularga yangi ilmiy zafarlar tilaymiz!