

Buxoro davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar 2026-yil 22-avgust kuni ta’lim yo‘nalishlari kesimida o‘tkaziladi.
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar ro‘yxati e’lon qilindi:
Amaliy matematika
Biologiya
Boshlang‘ich ta’lim
Fizika
Geografiya
Jismoniy madaniyat
Kimyo
Maktabgacha ta’lim
Matematika
Maxsus pedagogika: Logopediya
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
Musiqa ta’limi
Ona tili va adabiyot: rus tili
O‘zbek tili va adabiyoti
Pedagogika
Psixologiya
Tarix
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
Texnologik ta’lim
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
Imtihon grafigi va belgilangan vaqt bilan tanishish uchun jadvalni yuklab olish.
Suhbat jarayonida ishtirok etish uchun belgilangan vaqtda tegishli hujjatlar bilan kelishingiz hamda imtihon jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilishingiz so‘raladi.
Telefon: 65 226-10-97