

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan:
2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavrlarni dual taʼlim shakli (1+5) boʻyicha tayyorlash belgilangan.
Eslatib oʻtamiz: 2026-2027-oʻquv yili uchun abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtish (birinchi bosqich) jarayonlari davom etmoqda (joriy yilning 25-iyun kuniga qadar).
Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat olib borayotgan (kamida uch yil) oʻrta-maxsus maʼlumotli xodimlar amaldagi tartibga koʻra Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Test topshirish asosiy fanlarini quyidagi tartibda tanlash lozim:
Birinchi fan — Biologiya;
Ikkinchi fan — Ona tili va adabiyoti.
Maʼlumot uchun: pedagog kadrlar oliy taʼlim tashkilotlari (dual taʼlim) bakalavriatiga amaldagi tartibga muvofiq oʻtkaziladigan test sinovlari asosida qabul qilinadi.
Maktabgacha taʼlim yoʻnalishida dual taʼlim shaklida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati