(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchilari diqqatiga!

  • Bosh sahifa
  • E'lon
  • Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchilari diqqatiga!
Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchilari diqqatiga!

Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchilari diqqatiga!

     Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov tashabbusi bilan 2026-yil 9-iyul kuni soat 09:00 da Buxoro tumani “Yosh paxtakor” oromgohida oliy ta’lim muassasalari, texnikumlar hamda maktabni tamomlagan, ish bilan band bo‘lmagan yoshlar uchun Mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.

     Mazkur yarmarkada korxona va tashkilotlar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlari hamda bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha takliflar taqdim etiladi.

     Shu munosabat bilan Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchilarini mazkur mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga chorlaymiz. Ushbu tadbir yoshlarning o‘z mutaxassisligi va qiziqishiga mos ish o‘rinlari bilan tanishishi, mehnat bozoridagi imkoniyatlardan unumli foydalanishi hamda kelgusi faoliyatini belgilab olishida muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

     Aziz bitiruvchilar!
Kelajagingiz sari muhim qadam qo‘yish imkoniyatini boy bermang. Mehnat yarmarkasida ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish imkoniyatlarini kashf eting!