

Endilikda faol yoshlar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasidagi o‘z loyiha va tashabbuslarini bevosita yoshlar.gov.uz platformasi orqali taqdim etishlari mumkin.
Yangi imkoniyatning asosiy afzalliklari:
Tashabbuslar barcha uchun ochiq tarzda e’lon qilinadi;
Foydalanuvchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan g‘oyalarni “Like” orqali qo‘llab-quvvatlaydi;
Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar maxsus “TOP” ro‘yxatdan joy oladi.
“Yoshlar tashabbuslari marafoni”da faol ishtirok eting va o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq qiling!
yoshlar.gov.uz