(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

  • Home
  • Official
  • Buxoro davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralarda "Rahbar va yoshlar kuni" o‘tkazib kelinmoqda.
 
    Shunga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikramov hamda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro davlat pedagogika institutida bo’lib, talabalar bilan uchrashishdi.
 
    Dastlab institutda yaratilgan zamonaviy ta'lim muhiti, ilmiy va innovatsion faoliyat hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
 
Shuningdek, yoshlarning startap loyihalari, innovatsion g‘oyalari va tashabbuslari taqdimot qilindi, ularning taklif va muammolari tinglandi.
 
    Shundan so‘ng "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash hamda Vatanga sadoqat, yuksak mas'uliyat va fidoyilik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
 
    Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.