(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

An important dialogue on cybersecurity for student youth

  • Home
  • Official
  • An important dialogue on cybersecurity for student youth
An important dialogue on cybersecurity for student youth

An important dialogue on cybersecurity for student youth

    Buxoro davlat pedagogika institutiga Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Umidjon Yusupovich tashrif buyurdi.Tashrif davomida talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etilib, kiberxavfsizlik, internet tarmog‘ida uchrayotgan firibgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda zamonaviy axborot tahdidlarining oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

    Uchrashuv davomida ishtirokchilarga kiberjinoyatlardan himoyalanish, ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish va raqamli madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Mazkur tashrif yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.