(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

A rector's briefing meeting was held at Bukhara State Pedagogical Institute

  • Home
  • Official
  • A rector's briefing meeting was held at Bukhara State Pedagogical Institute
A rector's briefing meeting was held at Bukhara State Pedagogical Institute

A rector's briefing meeting was held at Bukhara State Pedagogical Institute

Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi rektoroldi yig'ilishi o'tkazilib, unda institut faoliyatining muhim va dolzarb yo'nalishlari yuzasidan mas'ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Yig'ilish davomida talabalar turar joylaridagi to'lov intizomini mustahkamlash, bahorgi semestr yakuniy nazoratlari va davlat attestatsiyasi jarayonlarini sifatli tashkil etish, Qabul–2026 shtabi faoliyatini yanada samarali yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning kontrakt to'lovlari holati, bitiruvchilarning bandligini ta'minlash, "Kelajakka qadam" loyihasi doirasida yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, institutda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari hamda yangi o'quv yiliga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yig'ilish yakunida ijro intizomini kuchaytirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini o'z vaqtida ta'minlash bo'yicha mas'ullarga aniq ko'rsatmalar berildi.