

Buxoro davlat pedagogika instituti Kengashining 2026–2027-o‘quv yilidagi 2-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda institut faoliyatining muhim yo‘nalishlari, ta’lim sifatini yanada oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bilan bog‘liq qator masalalar atroflicha muhokama qilindi.
📌 Kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, vazirlik buyruqlari, Hay’at qarorlari va yo‘riq xatlari, shuningdek, hududiy hokimliklarning tegishli qaror va topshiriqlari hamda ular asosida institutda qabul qilingan Kengash qarorlari va rektor buyruqlarining ijrosi masalasi o‘rin oldi.
➡️ Ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘nalishida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, professor-o‘qituvchilarning dars yuklamalari hamda dars jadvallarining amaldagi kasb standartlari bilan o‘zaro muvofiqligi tahlil qilindi. Ta’lim mazmunini mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish va pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
➡️ Innovatsion va korporativ hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Kafedralar tomonidan xo‘jalik shartnomalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, hamkor tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar, innovatsion loyihalar hamda jalb etilgan investitsiyalar yuzasidan ma’lumotlar muhokama qilindi.
➡️ Talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham yig‘ilishning muhim masalalaridan biri bo‘ldi. Talabalar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, turar joylarda xavfsizlik, tartib-intizom va qulay muhitni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
➡️ Yig‘ilish davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud holat, erishilgan natijalar va dolzarb vazifalar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli aniq topshiriq va vazifalar belgilandi.Kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar institutda ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda talabalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.