(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida ijodiy imtihonlar davom etmoqda

  • Bosh sahifa
  • Qabul
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida ijodiy imtihonlar davom etmoqda

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida ijodiy imtihonlar davom etmoqda

Buxoro davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof va yuqori saviyada davom etmoqda.

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abituriyentlar o‘z bilim, iste’dod va ijodiy salohiyatlarini namoyon etishmoqda.

Imtihon jarayonida ishtirokchilar chizmachilik hamda tasviriy kompozitsiya fanlari bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarish orqali badiiy didi, tasviriy tafakkuri, ijodiy yondashuvi va grafik ifoda mahoratini amalda ko‘rsatmoqda. Imtihonlar ochiqlik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilib, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, boshqa hududlardan jalb etilgan malakali mutaxassislar hamda kuzatuvchi komissiya nazorati ostida olib borilmoqda.

Abituriyentlar uchun qulay, shaffof va adolatli sharoitlar yaratilgan bo‘lib, har bir ishtirokchining bilim va iste’dodini munosib baholashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihon jarayonlarini quyidagi havola orqali onlayn kuzatishingiz mumkin: https://camera.buxdpi.uz