

Buxoro davlat pedagogika institutining Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori saviyada, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida bo‘lib o‘tmoqda.
Imtihon jarayonida abituriyentlar o‘zlarining musiqa madaniyati, vokal mahorati, ritm va tinglash qobiliyatlarini namoyish etishmoqda. Har bir ishtirokchi ijodkorlik, sahnaviy madaniyat va kasbiy tayyorgarlik darajasiga qarab baholanmoqda. Institutda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni boshqa viloyatlardan taklif etilgan malakali professor-o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilmoqda.
Bu bosqichda abituriyentlar nafaqat bilim va ko‘nikmalarini, balki san’atga bo‘lgan mehrini, ichki tuyg‘ularini ham namoyon etish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Imtihonlar institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tajribali mutaxassislar va kuzatuvchi komissiya ishtirokida tashkil etilib, abituriyentlarga qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
Shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihon jarayonlarini quyidagi havola orqali onlayn kuzatishingiz mumkin: https://camera.buxdpi.uz