(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori saviyada davom etmoqda

  • Bosh sahifa
  • Qabul
  • Institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori saviyada davom etmoqda
Institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori saviyada davom etmoqda

Institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori saviyada davom etmoqda

2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlari doirasida Buxoro davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori saviyada davom etmoqda. Imtihonlar Musiqa ta’limi, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan jadval asosida tashkil etilib, barcha jarayonlar ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida olib borilmoqda.

Imtihonlar davomida abituriyentlarning bilim va amaliy ko‘nikmalari belgilangan baholash mezonlari asosida malakali professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar tomonidan adolatli baholanmoqda. Jarayonlarning shaffofligini ta’minlash, ishtirokchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda qabulning xolisligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihon jarayonlarini quyidagi havola orqali onlayn kuzatishingiz mumkin: https://camera.buxdpi.uz