

Buxoro davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Musiqa ta’limi hamda Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.
Abituriyentlar musiqa madaniyati, vokal mahorati, ritmni his etish va tinglash qobiliyatlarini namoyon etib, o‘z iste’dodlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Ularning chiqishlari ijodkorlik, sahna madaniyati hamda kasbiy tayyorgarlik darajasiga ko‘ra malakali ekspertlar tomonidan xolis baholanmoqda.
Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz.