shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari izchil davom etmoqda

  • Bosh sahifa
  • Qabul
  • Buxoro davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari izchil davom etmoqda
Buxoro davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari izchil davom etmoqda

Buxoro davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari izchil davom etmoqda

 Buxoro davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarning navbatdagi bosqichi tartibli davom etmoqda.

🔘 Imtihon jarayonlarida abituriyentlarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, chidamliligi hamda belgilangan me’yoriy mashqlarni bajarish ko‘nikmalari amaldagi nizom talablari asosida baholanmoqda. Har bir ishtirokchining natijasi xolislik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida qayd etilmoqda.

📍 Imtihonlar Buxoro shahridagi Sitora sport maydonida davom etib, jarayonni yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, shuningdek, ota-onalar hamda keng jamoatchilik uchun ochiqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

▶️Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning onlayn translyatsiyasini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
🔗 camera.buxdpi.uz