(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Magistrlar ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda

Magistrlar ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda

Magistrlar ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda

Buxoro davlat pedagogika institutida 2025/2026-o'quv yili bitiruvchi kurs magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyalari himoyasi jarayonlari davom etmoqda. Joriy yilning 23-iyun sanasidan boshlangan himoya jarayonlarida institutni tamomlayotgan 217 nafar magistr o'z ilmiy tadqiqotlari natijalarini Davlat attestatsiya komissiyasi a'zolariga taqdim etmoqda. Himoyalar 30-iyun sanasiga qadar davom etadi.

Jarayonlarni yuqori saviyada tashkil etish, xolislik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida sohaning yetuk olimlari hamda tajribali professor-o'qituvchilaridan iborat Davlat attestatsiya komissiyalari faoliyat olib bormoqda.

Magistrantlar o'z dissertatsiyalari orqali ta'lim va ilm-fanning dolzarb masalalariga oid ilmiy izlanishlari, amaliy natijalari hamda innovatsion yondashuvlarini namoyish etmoqda.

Kelajakda ta'lim tizimi rivojiga munosib hissa qo'shadigan barcha magistrlarga himoya jarayonlarida muvaffaqiyat tilaymiz!