

Buxoro davlat pedagogika institutida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida tashkil etilgan “BITIRUVCHI–2026” tantanali diplom topshirish marosimi “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda 4213 nafar talaba institutni muvaffaqiyatli tamomlab, hayotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Shundan 55 nafar bitiruvchi imtiyozli diplomga, 215 nafar magistratura bitiruvchisi esa magistrlik darajasiga sazovor bo‘ldi.
Tadbir davomida bitiruvchilarning yillar davomida egallagan bilim va ko‘nikmalari, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning cheksiz ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi alohida e’tirof etildi. Diplomlarni qabul qilib olgan yoshlar qalbida faxr, quvonch va kelajakka bo‘lgan ishonch yanada mustahkamlandi.
Ushbu unutilmas kun bitiruvchilarning yillar davomida orttirgan bilim va mehnati samarasini namoyon etib, ularning kelajak sari dadil qadam tashlashiga zamin yaratdi.