

Buxoro davlat pedagogika institutida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilariga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlarni yuqori saviyada va tantanali topshirish jarayonlari davom etmoqda.
Institut rahbariyati tomonidan bitiruvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, diplomlarni rasmiylashtirish va topshirish ishlari “Registrator ofisi” tomonidan zamonaviy, raqamlashtirilgan tizim asosida amalga oshirilmoqda. Natijada bitiruvchilar ortiqcha navbat va ovoragarchiliklarsiz, tezkor hamda sifatli xizmat asosida o‘z diplomlarini qabul qilib olishmoqda.
Jarayonning shaffofligi, tartibliligi va yuqori darajada tashkil etilgani har bir bitiruvchining quvonchli kunini yanada unutilmas lahzalarga aylantirmoqda. Shuningdek, institut hududida bitiruvchilarning hayotidagi eng muhim voqealardan birini abadiylashtirish maqsadida zamonaviy fotozonalar tashkil etilgan. Yosh mutaxassislar ustozlari, ota-onalari va kursdoshlari bilan estalik suratlariga tushib, katta hayot sari ishonch bilan ilk qadamlarini qo‘ymoqdalar.
Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi barcha bitiruvchilarni ushbu muhim yutuq bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularning kelgusi kasbiy faoliyati va shaxsiy hayotida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va ezgu zafarlar tilaydi.
Aziz bitiruvchilar, diplomingiz muborak bo‘lsin! Kelajagingiz porloq, yo‘lingiz doimo ochiq bo‘lsin!