

Buxoro davlat pedagogika instituti Akademik litseyida 2025/2026-o'quv yilining bitiruvchilari uchun tantanali bitiruv marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu unutilmas kun o'quvchilarning ko'p yillik izlanishlari, bilim olish yo'lidagi sa'y-harakatlari va erishilgan yutuqlarining mantiqiy yakuni sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.
2026-yilda akademik litseyni jami 85 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi.
Bitiruvchilarning yutuqlari:
Akademik litsey bitiruvchilari quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ta'lim oldilar:
Bitiruvchilar orasida ilm-fan, ta'lim, sport va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, o'zining bilim salohiyati, tashabbuskorligi hamda liderlik qobiliyatlari bilan ajralib turgan yoshlar talaygina. Ularning bir qismi nufuzli oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida muvaffaqiyatli natijalarni qayd etib ulgurdi. Erishilgan natijalar pedagoglar, ota-onalar va o'quvchilarning birgalikdagi mehnati samarasi bo'lib, akademik litsey jamoasining ta'lim sifatini ta'minlash borasidagi fidokorona faoliyatining yorqin ifodasidir.
Barcha bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ta'lim hamda kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!