(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Ta'lim tashkilotlari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish sinov spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

  • Bosh sahifa
  • Bitiruvchilar
  • Ta'lim tashkilotlari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish sinov spetsifikatsiyasi tasdiqlandi
Ta'lim tashkilotlari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish sinov spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

Ta'lim tashkilotlari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish sinov spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

2026-yil 1-iyuldan boshlab mamlakatimizdagi 26 ta tuman va shahardagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablari xodimlarni pedagog.uzedu.uz platformasi orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yo'lga qo'yildi.

MTT (maktabgacha ta'lim tashkilotlari) va maktablar uchun quyidagi fanlar bo'yicha tanlov e'lon qilinadi:

Umumta'lim fanlari:
Biologiya, CHQBT, Davlat va huquq asoslari, Fizika, Geografiya, Informatika, Iqtisod, Jismoniy tarbiya, Kimyo, Matematika, Musiqa, O'zbek tili, Ona tili va adabiyoti, Psixologiya, Tarbiya, Tarix, Tasviriy san'at, Texnologiya (dizayn), Texnologiya (servis), Rus tili va adabiyoti, Rus tili (milliy)

Boshlang'ich ta'lim, qardosh va xorijiy tillar:
Boshlang'ich ta'lim, Qardosh tillar, Xorijiy tillar

Maxsus yo'nalishlar:
Defektologiya, Logopediya

Boshqaruv yo'nalishlari:

  • Kadrlar menejeri
  • Kutubxona mudiri
  • Maktab direktori o'rinbosari (ma'naviy-ma'rifiy ishlar)
  • Maktab direktori o'rinbosari (o'quv-tarbiya ishlari)
  • Xo'jalik mudiri