

Bugun siz talabalik sahifasini sharaf bilan yakunlab, hayotingizning yangi bosqichiga dadil qadam qo'ydingiz.
Hurmatli bitiruvchilar! Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi sizlarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etadi. Olgan bilim va tajribangiz yurtimiz ravnaqi, ta'lim taraqqiyoti hamda jamiyat rivoji yo'lida munosib xizmat qilsin.
2026-yil yakuniga ko'ra, 4213 nafar talaba muvaffaqiyatli bitirib, oliy ma'lumotli mutaxassis sifatida hayotning yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Ular orasida:
Oldingizdagi barcha sinov va marralarda omad sizga yor bo'lsin, ezgu maqsadlaringiz ro'yobga chiqsin! Qayerda bo'lmang, Buxoro davlat pedagogika institutining munosib bitiruvchisi ekanligingiz bilan doimo faxrlaning.
Sizning har bir yutug'ingiz — institutimizning ham yutug'idir. Yo'lingiz doimo yorug', qadamingiz qutlug' bo'lsin!