

Buxoro davlat pedagogika institutida bitiruvchilarning bandligini ta'minlash bo'yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Institutda bitiruvchi yoshlarning mehnat bozorida munosib o'rin egallashi, kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashi hamda o'z salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarishini ta'minlash maqsadida manzilli va samarali ishlar olib borilmoqda.
Suhbatlar davomida bitiruvchilarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kelajakka qadam" dasturi doirasida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma'lumot berilmoqda. Jumladan, o'z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiya va boshqa moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu manzilli yondashuv bitiruvchilarning kasbiy salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularni mutaxassisligi va mehnat bozori ehtiyojlariga mos ish o'rinlariga yo'naltirish hamda bandligini barqaror ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kelajak sari ishonchli qadam — sifatli ta'lim va barqaror bandlikdan boshlanadi.