

Pedagog.uzedu.uz platformasi nafaqat ta'lim tizimidagi bo'sh ish o'rinlari va tanlov jarayonlarini ochiq hamda shaffof tashkil etishga xizmat qiladi, balki pedagoglar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining ishga kirish testlariga puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun ham qulay imkoniyat yaratadi.
Platformada nomzodlar o'z mutaxassisligi bo'yicha namunaviy test savollari bilan tanishishlari, bilimlarini sinab ko'rishlari va ishga qabul qilish jarayonidagi test sinovlariga oldindan tayyorgarlik ko'rishlari mumkin.
Hurmatli pedagoglar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari!
Agar ta'lim tizimida faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, avvalo pedagog.uzedu.uz platformasidagi namunaviy testlar orqali tayyorgarlik ko'ring, so'ng bo'sh ish o'rinlariga hujjat topshirib, tanlovda ishtirok eting.