(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

UNESCOning xalqaro yetakchilik dasturida ishtirok etish imkoniyati — talaba va yoshlar uchun

UNESCOning xalqaro yetakchilik dasturida ishtirok etish imkoniyati — talaba va yoshlar uchun

UNESCOning xalqaro yetakchilik dasturida ishtirok etish imkoniyati — talaba va yoshlar uchun

UNESCO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan "Youth for Peace: Intercultural Leadership Programme" ("Yoshlar tinchlik uchun: Xalqaro yetakchilik dasturi")ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi. Ushbu nufuzli xalqaro dastur turli mamlakatlardan faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni bir platformada jamlab, ularning yetakchilik salohiyati, madaniyatlararo muloqot ko'nikmalari hamda global muammolar yuzasidan hamkorlik qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

2026-yilgi dastur mavzusi: "Sun'iy intellekt davrida insoniy aloqalar va muloqot"

Dastur sun'iy intellekt jadal rivojlanayotgan davrda insonlar o'rtasidagi ishonchni mustahkamlash, samarali muloqotni rivojlantirish hamda madaniyatlararo hamkorlikni kengaytirishga bag'ishlanadi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

  • Faol va tashabbuskor talabalar;
  • Yosh tadqiqotchilar;
  • Yoshlar yetakchilari;
  • Xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish masalalariga qiziqadigan barcha yoshlar.

Arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 19-iyulgacha

Ariza topshirish havolasi: https://surveys.unesco.org/171854?lang=en
Dastur haqida batafsil: https://www.unesco.org/en/interculturaldialogue/youthforpeace?hub=181405

Buxoro davlat pedagogika instituti barcha iqtidorli va faol talabalarni ushbu xalqaro dasturda ishtirok etishga chorlaydi. Mazkur dastur xalqaro tajriba orttirish, xorijlik tengdoshlar bilan hamkorlik o'rnatish hamda global yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Batafsil ma'lumot uchun UNESCO rasmiy sayti orqali yoki Institutning Xalqaro hamkorlik bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.