(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Путешествие в сокровищницу национального искусства завершилось

Путешествие в сокровищницу национального искусства завершилось

Путешествие в сокровищницу национального искусства завершилось

     2026-yil 15–20-iyun kunlari Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston miniatyura san’ati” mavzusidagi 1-guruh yozgi maktab o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi.

     Loyihada Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari bilan bir qatorda Qozon federal universiteti talabalari ham ishtirok etib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

     Yozgi maktab davomida ishtirokchilar miniatyura san’atining tarixi, nazariy asoslari va amaliy jihatlarini o‘rganib, mahorat darslari, amaliy mashg‘ulotlar hamda ijodiy uchrashuvlarda faol qatnashdilar. Dastur yakunida ishtirokchilar milliy miniatyura san’ati bo‘yicha bilim va tajribalarini boyitib, xalqimizning bebaho madaniy merosini chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Faol qatnashgan talabalarga yozgi maktabni muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.

     Mazkur loyiha yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, milliy san’atimizni asrab-avaylash va keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.